QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Asr surasi · Oyatсураси · Оят3

إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلْحَقِّ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلصَّبْرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Illo, iymon keltirganlar va solih amallar qilganlar, bir-birlarini haq yo`lga chaqirganlar va bir-birlarini sabrga chaqirganlar (undoq emasdir).Илло, иймон келтирганлар ва солиҳ амаллар қилганлар, бир-бирларини ҳақ йўлга чақирганлар ва бир-бирларини сабрга чақирганлар (ундоқ эмасдир).Alauddin Mansour: Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yoʻli)ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yoʻlida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchidirlar).Фақат иймон келтирган ва яхши амаллар қилган, бир-бирларига Ҳақ (йўли)ни тавсия этган ва бир-бирларига (мана шу Ҳақ йўлида) сабр-тоқат қилишни тавсия этган зотларгина (нажот топгувчидирлар).

601-sahifa · 30-juz · 60-hizb601-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَّاmagar (mustasnodir)магар (мустаснодир)ٱلَّذِينَkimlarkiкимларкиءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларوَعَمِلُوا۟va qilganlarва қилганларٱلصَّـٰلِحَـٰتِsolih amallarniсолиҳ амалларниوَتَوَاصَوْا۟va bir-birlarini chaqirganlarва бир-бирларини чақирганларبِٱلْحَقِّhaqgaҳақгаوَتَوَاصَوْا۟va bir-birlarini chaqirganlarва бир-бирларини чақирганларبِٱلصَّبْرِsabrgaсабрга
TafsirТафсир

Maʼlum boʻldiki, inson ikki dunyoda badbaxt boʻlib qolmaslik uchun toʻrtta sifatga ega boʻlishi kerak ekan:

- Allohga iymon keltirishi;

- Solih amallar qilishi;

- Haq ila boʻlishi;

- Sabrga chaqirishi.

Allohga iymon keltirish insonning eng avvalgi burchidir. Iymonning inson hayotiga taʼsiri cheksizdir. U bu dunyo zulmat kishanlarini parchalaydi va qalblarga umid baxsh etadi. Qiyinchilik, ogʻir paytlarda inson oʻzining hamma narsaga qodir Yaratgani bor ekanini eslab, tortgan mashaqqatlarining savobini olishni oʻylaydi, qarshisidagi barcha toʻsiqlarni yengib oʻtishi osonlashadi. Shuning uchun ham, haqiqiy moʻminlar xotirlari jam, asablari joyida hayot kechiradilar. Alloh taologa boʻlgan iymon kishi qalbida yaxshiliklarga yoʻl ochadi, yomonliklardan, gunohlardan qaytaradi. Iymonli kishi, Alloh taolo barcha holatimni, ishlarimni koʻrib turibdi, qiyomat kuni bularning hisob-kitobini qiladi, deb ishonadi. Shuning uchun, doimo yomonliklardan qochib solih amallarni–yaxshi ishlarni qiladi.

Ha, iymon doimo oʻz sohibini solih amalga chorlaydi. Shuning uchun ham, Qurʼonda iymondan soʻng amali solih zikr qilinadi. Jumladan, biz oʻrganayotgan surada ham. Amali solih–Alloh taolo buyurgan barcha yaxshiliklardir.

Haq yoʻlga chaqirish ulkan insoniy fazilatdir. Islomda inson oʻzi haq yoʻlda boʻlishi bilan kifoyalanib qolmasligi kerak, balki oʻzgalarni ham shu yoʻlga chaqirishi zarur. Haq yoʻlda yurish va unga kishilarni chaqirish oson emas. Haq yoʻlda yurmoqchi boʻlgan shaxs oʻzining havoyi nafsiga, hokimlarning tugʻyoniga, odamlarning zulmiga va boshqa koʻpgina narsalarga qarshi chiqib, chidam bilan ish olib borishi kerak. Shuning uchun ham, oyatning davomida sabrga chaqiriq bor.

Sabr bir necha xil boʻladi:

Toat-ibodatni ado etish–sabr demakdir.

Havoyi nafs xohlab turgan gunohlarni qilmaslik–sabr.

Balo-ofatlar va musiybatlarga taslim boʻlmaslik–sabr.

Sabrning oliy darajasi fojea sodir boʻlgan paytdagi ilk daqiqalardagi sabrdir.

Sabr barcha fazilatlarning asosidir. Shuning uchun ham, Alloh taolo Qurʼonda moʻminlarning asosiy sifatlaridan biri sabr ekanini qayta-qayta taʼkidlagan.