QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Quraysh surasi · Oyatсураси · Оят4

ٱلَّذِىٓ أَطْعَمَهُم مِّن جُوعٍ وَءَامَنَهُم مِّنْ خَوْفٍۭ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U ularni ochlikdan to`q qilgan, xavfdan omon qilgandir.У уларни очликдан тўқ қилган, хавфдан омон қилгандир.Alauddin Mansour: U zot ularni ochliqdan (qutqarib) taomlantirdi va xavfu xatardan tinch qildi.У зот уларни очлиқдан (қутқариб) таомлантирди ва хавфу хатардан тинч қилди.

602-sahifa · 30-juz · 60-hizb602-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِىٓU zotkiУ зоткиأَطْعَمَهُمularni toʻq qilganуларни тўқ қилганمِّن-dan-данجُوعٍۢochlikdanочликданوَءَامَنَهُمva ularni omon qilganва уларни омон қилганمِّنْ-dan-данخَوْفٍۭxavfdanхавфдан
TafsirТафсир

Alloh taolo ahli Makkani ulugʻ neʼmatlar ila neʼmatlantirgan. Ularning yerlarida biror narsa oʻsmasa ham, turli taomlarni serob qilib qoʻygan.

Shuningdek, Alloh taolo bu yurtni xavf-xatardan butunlay omon qilgan. Bu esa, oʻz navbatida, Alloh taologa ibodat qilishni talab qiladi.

Imom Faxriddin Roziy rahmatullohi alayhi oʻzlarining «Tafsiri Kabir»larida quyidagilarni yozadilar: «Bilki, neʼmat ikki turli boʻladi. Birinchisi, zararni dafʼ qilish. Bu «Fil» surasida zikr qilindi. Ikkinchisi, manfaat jalb qilish. Bu ushbu surada zikr qilindi. Alloh ulardan zararni dafʼ qilib va ularga manfaatni jalb qilganidan keyin, holbuki, ikkovlari ham ulugʻ neʼmatlardir, ularni shukronai neʼmat uchun ibodat qilishga amr etdi».

Insonning moddiy farovon boʻlishi–qornining toʻq boʻlishi, xavfdan omon boʻlishi Alloh taoloning bandasiga bergan eng ulkan neʼmatlaridandir.

Banda bu neʼmatlarning shukrini qilmogʻi lozim, bu esa, Alloh taologa ibodat qilish bilan boʻladi.

Allohning ibodatini qilmaslik, neʼmatlarning shukrini qilmaslik esa, aksincha, neʼmatning zavoliga, ochlik va xavf-xatar hukm suradigan boʻlib qolishiga olib keladi. Bu haqiqat «Quraysh» surasidan boshqa suralarda ham, misol uchun «Nahl» surasida ham taʼkidlanadi:

«Alloh omon, xotiri jam, har makondan barakali rizqi kelib turgan shaharni misol qiladi. Oʻsha shahar Allohga kufroni neʼmat qildi. Shu sababdan, Alloh unga, qilganiga yarasha ochlik va xavf libosini kiygazdi».