لَكُمْ دِينُكُمْ وَلِىَ دِينِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizga o`z diningiz, Menga o`z dinim.Сизга ўз динингиз, Менга ўз диним.Alauddin Mansour: Sizlarning diningiz oʻzlaringiz uchun, mening dinim oʻzim uchundir!»Сизларнинг динингиз ўзларингиз учун, менинг диним ўзим учундир!»
Bu surada Islom eʼlon qilgan aqiyda erkinligi oʻz aksini topgan. 1400 yil avval eʼlon qilingan bu hurriyat oyoqosti qilinganda, insoniyat ulkan zararlar tortdi.
Imom Tobaroniy Ibn Umar roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda: «Kaafirun» surasi Qurʼonning toʻrtdan biriga teng keladi, deyilgan.
Imom Muslim Jobir roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda esa, Paygʻambar alayhissalom shu surani va «Qul huvallohu ahad»ni Kaʼbaning tavofidan keyin oʻqiladigan ikki rakʼat namozda oʻqiganlari aytiladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyatlarida esa, Bomdodning ikki rakʼat sunnatida xuddi shu ikki surani tilovat qilganliklari aytiladi.
Horis ibn Jabala roziyallohu anhu Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga: «Yo, Allohning Rasuli, menga uxlashdan oldin oʻqiydigan biror narsa oʻrgatib qoʻying», deb iltimos qilibdilar. Shunda Paygʻambar alayhissalom: «Kechasi joyingga yotsang, «Qul yaa ayyuhal kaafirun» surasini oʻqigin, chunki u shirkdan saqlaydi», degan ekanlar.