وَلَئِنْ أَذَقْنَـٰهُ نَعْمَآءَ بَعْدَ ضَرَّآءَ مَسَّتْهُ لَيَقُولَنَّ ذَهَبَ ٱلسَّيِّـَٔاتُ عَنِّىٓ ۚ إِنَّهُۥ لَفَرِحٌ فَخُورٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar unga yetgan qiyinchiliklardan so`ng ne'mat tottirsak, albatta: «Mendan yomonliklar ketdi», deydi. Albatta, u xursand va faxrlidir.Агар унга етган қийинчиликлардан сўнг неъмат тоттирсак, албатта: «Мендан ёмонликлар кетди», дейди. Албатта, у хурсанд ва фахрлидир.Alauddin Mansour: Qasamki, agar unga biron ziyon-zahmat yetganidan keyin Biz noz-neʼmatlarni totdirib qoʻysak, albatta u: «Barcha yomonliklar mendan nari ketdi», (endi hech qachon qaytib kelmaydi) deydi. Darhaqiqat, u magʻrur va maqtanchoqdir.Қасамки, агар унга бирон зиён-заҳмат етганидан кейин Биз ноз-неъматларни тотдириб қўйсак, албатта у: «Барча ёмонликлар мендан нари кетди», (энди ҳеч қачон қайтиб келмайди) дейди. Дарҳақиқат, у мағрур ва мақтанчоқдир.
Yoki avvalgi oyatdagi holatning aksicha boʻlsa, Alloh oʻsha insonga yetgan zararni, musiybatni ketkazib, oʻrniga neʼmat ato qilsa, u xursand boʻlib, faxrlanib: yomonliklar mendan ketdi, deydi. Oʻsha inson, yomonliklarni Alloh ketkazdi, demaydi, balki, oʻzi ketdi, deydi. Yaʼni, banda na issiqqa chidaydi, na sovuqqa. Ushbu nomaʼqul sifat va holatlardan kelasi oyatda vasf qilingan bandalar forigʻdirlar: