QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят46

قَالَ يَـٰنُوحُ إِنَّهُۥ لَيْسَ مِنْ أَهْلِكَ ۖ إِنَّهُۥ عَمَلٌ غَيْرُ صَـٰلِحٍ ۖ فَلَا تَسْـَٔلْنِ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌ ۖ إِنِّىٓ أَعِظُكَ أَن تَكُونَ مِنَ ٱلْجَـٰهِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot: «Ey Nuh, albatta u ahlingdan emas. Albatta, u yaxshi amal emasdir. O`zingning ilming bo`lmagan narsani zinhor so`ramagin. Men senga johillardan bo`lmasligingni nasihat qilaman», dedi.У зот: «Эй Нуҳ, албатта у аҳлингдан эмас. Албатта, у яхши амал эмасдир. Ўзингнинг илминг бўлмаган нарсани зинҳор сўрамагин. Мен сенга жоҳиллардан бўлмаслигингни насиҳат қиламан», деди.Alauddin Mansour: (Alloh) aytdi: «Ey Nuh, u sening ahlingdan emas! Albatta u(ning qilgan amali kufr yoʻlini tutgani) yomon amaldir. Bas, oʻzing yaxshi bilmagan narsa haqida aslo Mendan soʻramagin! Albatta, Men senga johil-nodonlardan boʻlmaslikni buyuraman».(Аллоҳ) айтди: «Эй Нуҳ, у сенинг аҳлингдан эмас! Албатта у(нинг қилган амали куфр йўлини тутгани) ёмон амалдир. Бас, ўзинг яхши билмаган нарса ҳақида асло Мендан сўрамагин! Албатта, Мен сенга жоҳил-нодонлардан бўлмасликни буюраман».

227-sahifa · 12-juz · 23-hizb227-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَU zot dediУ зот дедиيَـٰنُوحُey Nuhэй Нуҳإِنَّهُۥalbatta, uалбатта, уلَيْسَemasэмасمِنْ-dan-данأَهْلِكَ ۖahlingdanаҳлингданإِنَّهُۥalbatta, uningалбатта, унингعَمَلٌ(qilgan) amali(қилган) амалиغَيْرُemasdirэмасдирصَـٰلِحٍۢ ۖyaxshi (solih)яхши (солиҳ)فَلَاbas, emasбас, эмасتَسْـَٔلْنِMendan soʻraМендан сўраمَاnarsaniнарсаниلَيْسَemasэмасلَكَsendaсендаبِهِۦu haqdaу ҳақдаعِلْمٌ ۖilmingилмингإِنِّىٓalbatta, menалбатта, менأَعِظُكَsenga nasihat qilamanсенга насиҳат қиламанأَنtokiтокиتَكُونَboʻlmaginбўлмагинمِنَ-dan-данٱلْجَـٰهِلِينَjohillardanжоҳиллардан
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh taolo ulugʻ haqiqatni–kishilar orasidagi haqiqiy bogʻliqlik rishtasi qon, irq, nasl bilan emas, balki iymon bilan ekanligini bayon qilmoqda.

U Zot Nuh alayhissalomga xitob qilib:

«Ey Nuh, albatta u ahlingdan emas», demoqda.

Yaʼni, u oʻgʻling sening sulbingdan boʻlgani, jigargoʻshang ekani bilan, ahling emas. Chunki:

«Albatta, u yaxshi amal emasdir».

Yaʼni, uning qilgan ishi yaxshi emas. U kofirlik qildi. U kofirligi bilan sening ahlingdan boʻla olmaydi. Iymoni borlar sening ahling boʻladi.

«Oʻzingning ilming boʻlmagan narsani zinhor soʻramagin.»

Oʻgʻlingni “Ahlimdan” deb, qutqarishni soʻraganingdek.

«Men senga johillardan boʻlmasligingni nasihat qilaman», dedi.»

Bilmagan narsalaringni soʻrayverib, johillar qatoriga qoʻshilib qolmagin, deyman. Misol uchun, yuqoridagi savoling bilan insonlar orasidagi haqiqiy aloqa iymon aloqasi ekanidan, ahl deganda kimni eʼtiborga olish kerakligidan, Alloh Oʻz vaʼdasini qanday bajarganidan bexabarga–johilga oʻxshab koʻrinyapsan. Holbuki, Alloh iymonli qalblar oʻrtasidagi rishtani har qanday aloqadan ustun qoʻyadi, ahl deganda, iymonli ahlni koʻzda tutadi. Ahlingni qutkazishga vaʼda bergan boʻlsa, senga haqiqiy ahl boʻlganlarni toʻfon balosidan xalos etib qoʻydi.

Nuh alayhissalom shoshilib Allohdan panoh soʻradi.