قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ ٱلْفَلَقِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Tong Robbisidan panoh so`rayman.«Тонг Роббисидан паноҳ сўрайман.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Men tong Parvardigoridan (menga) panoh berishini soʻrab iltijo qilurman;(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Мен тонг Парвардигоридан (менга) паноҳ беришини сўраб илтижо қилурман;
Xuddi «Ixlos» surasidagiga oʻxshab, «Falaq» surasidagi xitob ham Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va u zot orqali ummatlariga qaratilgandir. Alloh taoloning Oʻzi turli-tuman yomonliklardan qandoq qilib panoh soʻrashni oʻrgatmoqda. Moʻmin-musulmon inson har bir vaqt, har bir narsadan panohga muhtoj boʻlsa, faqat Alloh taoloning Oʻzidangina panoh soʻramogʻi, Uning panohiga qochmogʻi lozim ekan.
Oyatda toʻgʻridan-toʻgʻri, Robbimdan panoh soʻrayman yoki Robbimning panohiga qochaman, deb ayt, deyilmasdan, Tong Robbisidan panoh soʻrayman, deyishga amr qilinmoqda. Nima uchun? Chunki, tong doimo ogʻirliklardan, shiddatlardan qutulish ramzi boʻlgan. Shiddatli holga tushib, panoh soʻrashga majbur boʻlgan inson, xuddi, zulmatli kechada adashib, halokat yoqasiga kelib qolgan odamga oʻxshaydi. Uning najot kutishi esa, xuddi tongni kutishga oʻxshaydi.