قَالَ سَوْفَ أَسْتَغْفِرُ لَكُمْ رَبِّىٓ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Sizlar uchun Robbimga hali istig`for ayturman. Albatta, Uning O`zi mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir», dedi.У: «Сизлар учун Роббимга ҳали истиғфор айтурман. Албатта, Унинг Ўзи мағфират қилгувчи ва раҳимли Зотдир», деди.Alauddin Mansour: U aytdi: «Albatta, Parvardigorimdan sizlarni magʻfirat qilmogʻini soʻrayman. Zotan yolgʻiz U zotgina magʻfirat qilguvchi, mehribondir».У айтди: «Албатта, Парвардигоримдан сизларни мағфират қилмоғини сўрайман. Зотан ёлғиз У зотгина мағфират қилгувчи, меҳрибондир».
Eʼtibor beradigan boʻlsak, Yaʼqub alayhissalom oʻgʻillarining, ey otamiz, gunohlarimiz uchun istigʻfor ayt, deyishlari ila darhol duoga qoʻl koʻtarmadilar, balki:
«U: «Sizlar uchun Robbimga hali istigʻfor ayturman», dedi.
Ulamolarimiz: bu, duo yaxshi qabul boʻladigan paytda haqqingizga duo qilaman, deganlaridir, deb tushuntirganlar.
Shu bilan birga, u kishi oʻgʻillarining umidvorligini oshirish uchun:
«Albatta, Uning Oʻzi magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir», dedi».
Alloh taolo Oʻzining magʻfirat qiluvchilik sifati ila bandalarining gunohlarini kechiradi. Alloh taolo Oʻzining rahimlilik sifati ila gunohkorlarga ham rahim koʻrsatadi, dedilar.
Shundan soʻng, hammalari Yaʼqub alayhissalom boshchiliklarida yurtlari Kanʼondan Misrga qarab yoʻlga tushdilar. Qurʼoni Karim ularning safarlari haqida hech narsa demaydi. Balki, soʻzni ular Yusuf alayhissalom huzurlariga kirishlari sahnasidan ulab ketadi.