QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят52

هَـٰذَا بَلَـٰغٌ لِّلنَّاسِ وَلِيُنذَرُوا۟ بِهِۦ وَلِيَعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَا هُوَ إِلَـٰهٌ وَٰحِدٌ وَلِيَذَّكَّرَ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَـٰبِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu (Qur'on) odamlar uchun, ularning u ila ogohlantirilishlari, U yagona iloh ekanini bilishlari va aql egalari eslashlari uchun bayonotdir.Бу (Қуръон) одамлар учун, уларнинг у ила огоҳлантирилишлари, У ягона илоҳ эканини билишлари ва ақл эгалари эслашлари учун баёнотдир.Alauddin Mansour: (Qurʼon) odamlar ogohlantirilishlari va (Alloh) yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma-ibrat olishlari uchun (Alloh tarafidan nozil qilingan) bir bayonot — xabardir.(Қуръон) одамлар огоҳлантирилишлари ва (Аллоҳ) ягона илоҳ эканини билишлари ҳамда ақл эгалари эслатма-ибрат олишлари учун (Аллоҳ тарафидан нозил қилинган) бир баёнот — хабардир.

261-sahifa · 13-juz · 26-hizb261-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هَـٰذَاbu (Qurʼon)бу (Қуръон)بَلَـٰغٌۭbayonotdirбаёнотдирلِّلنَّاسِodamlar uchunодамлар учунوَلِيُنذَرُوا۟va ogohlantirilishlari uchunва огоҳлантирилишлари учунبِهِۦu ilaу илаوَلِيَعْلَمُوٓا۟va bilishlari uchunва билишлари учунأَنَّمَاfaqatфақатهُوَUУإِلَـٰهٌۭilohилоҳوَٰحِدٌۭyagonaягонаوَلِيَذَّكَّرَva eslashlari uchunва эслашлари учунأُو۟لُوا۟egalariэгалариٱلْأَلْبَـٰبِaqlақл
TafsirТафсир

Yaʼni, Qurʼon odamlar uchun Alloh tomonidan yuborilgan bir bayonotdir. Uni nozil qilishdan maqsad odamlarni ogohlantirishdir. Bunda insonlarning ikki dunyo saodatiga erishishlari va ikki dunyo badbaxtligidan qutulishlari uchun nima ishlar qilishlari lozimligi bayon etiladi.

Uni yuborishdan maqsad odamlarga Allohdan oʻzga ibodatga loyiq zot yoʻqligini bildirishdir. Toki hamma yagona Allohning Oʻziga ibodat qilib yashasin.

Uni nozil qilishdan maqsad aql egalariga eslatma berishdir. Toki ular aqllarini ishlatib toʻgʻri yoʻlni topib olsinlar.

Qurʼoni Karim odamlarga Allohdan oʻzga ibodatga loyiq zot yoʻqligini anglatish va bashariyat yagona Allohning oʻziga ibodat qilib yashashi lozimligini uqtirish maqsadida yuborilgan.

Bu muqaddas kitob aql egalariga eslatma berish va ularni oʻz aqllari ila toʻgʻri yoʻlni topib olishga yoʻllash maqsadida nozil qilingandir.