أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ جَنَّـٰتُ عَدْنٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمُ ٱلْأَنْهَـٰرُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَيَلْبَسُونَ ثِيَابًا خُضْرًا مِّن سُندُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ مُّتَّكِـِٔينَ فِيهَا عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ ۚ نِعْمَ ٱلثَّوَابُ وَحَسُنَتْ مُرْتَفَقًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalarga adn jannatlar bordir. Ostilaridan anhorlar oqib turadi. U yerda oltindan bo`lgan bilakuzuklar ila bezanurlar, shoyi iplardan yaxshi liboslar kiyarlar. Ular u yerda so`rilarda yonboshlagan holda bo`lurlar. Naqadar yaxshi savob va naqadar yaxshi joy.Ана ўшаларга адн жаннатлар бордир. Остиларидан анҳорлар оқиб туради. У ерда олтиндан бўлган билакузуклар ила безанурлар, шойи иплардан яхши либослар киярлар. Улар у ерда сўриларда ёнбошлаган ҳолда бўлурлар. Нақадар яхши савоб ва нақадар яхши жой.Alauddin Mansour: Ular uchun ostlaridan daryolar oqib turadigan abadiy jannatlar bor boʻlib, ular u joyda oltindan boʻlgan bilakuzuklar bilan bezanurlar va ipak-shoyilardan boʻlgan, yashnab turuvchi liboslar kiyib, soʻrilarda yastanib oʻtirurlar. Naqadar yaxshi mukofot u, naqadar goʻzal joy u!Улар учун остларидан дарёлар оқиб турадиган абадий жаннатлар бор бўлиб, улар у жойда олтиндан бўлган билакузуклар билан безанурлар ва ипак-шойилардан бўлган, яшнаб турувчи либослар кийиб, сўриларда ястаниб ўтирурлар. Нақадар яхши мукофот у, нақадар гўзал жой у!
Bu dunyoda iymon keltirib, yaxshi amallarni qilib oʻtgan bandalarning u dunyodagi ajri jannatdir.
«Ana oʻshalarga adn jannatlar bordir.»
«Adn» soʻzi istiqomat maʼnosini bildiradi. Shuningdek, bu soʻz jannatga nom ham boʻlib qolgan. U jannatlardagi daraxtlarning:
«Ostilaridan anhorlar oqib turadi».
Kofirlar doʻzaxda bir tomchi suvga zor boʻlib, yordam soʻrasalar ham, suv berilmasligiga qarama-qarshi bu yoqda jannatiylar chanqoq sezmasalar ham, ziynat uchun suv toʻla anhorlarning oqib turishi ajib bir manzarani ifoda etadi. Shuningdek, ularga boshqa xursandchiliklar ham beriladi. Jumladan, ahli jannatlar:
«U yerda oltindan boʻlgan bilakuzuklar ila bezanurlar, shoyi iplardan yaxshi liboslar kiyarlar».
Yaʼni, bu dunyoda oʻzlarini tiygan zebu ziynatlardan u dunyoda xohlaganlaricha berilishi ham ahli jannatlarga qanchalik ajrlar boʻlishini koʻrsatib turibdi.
«Ular u yerda soʻrilarda yonboshlagan holda boʻlurlar.»
Bu manzara ularning barkamol rohat-farogʻat olishlarini bildiradi. Ahli jannatlarga:
«Naqadar yaxshi savob va naqadar yaxshi joy».
Oxiratda moʻminlar bilan kofirlar orasida shunday ulkan farq boʻladi. Moʻminlar iymonlari va yaxshi amallari ajri sifatida jannatda rohat-farogʻatga erishsalar, kofirlar kufrlari va isyonlari tufayli doʻzaxga tushib, yuqorida vasf qilinganidek, azob- uqubatga yoʻliqadilar. Ularning bu holga tushishlarining yana bir sababi dunyo zebu ziynatlariga berilishlari, oʻsha zebu ziynatlarni deb, oxiratni unutishlaridir.
Kelgusi oyatlarda moʻmin va kofirlarning bu dunyodagi hollari zikr etiladi: