وَإِذْ يَرْفَعُ إِبْرَٰهِـۧمُ ٱلْقَوَاعِدَ مِنَ ٱلْبَيْتِ وَإِسْمَـٰعِيلُ رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ibrohim bilan Ismoil «Ey Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sening O`zing eshituvchi, biluvchi Zotsan», deb Baytning poydevorlarini ko`tarayotganini esla.Иброҳим билан Исмоил «Эй Роббимиз, биздан қабул эт, албатта, Сенинг Ўзинг эшитувчи, билувчи Зотсан», деб Байтнинг пойдеворларини кўтараётганини эсла.Alauddin Mansour: Eslang: Ibrohim Ismoil bilan birgalikda Baytullohning poydevorini koʻtarib (dedilar): «Parvardigoro, bizdan (ushbu qilgan amalimizni) Oʻzing qabul ayla. Shubhasiz, Sen eshitguvchi, bilguvchisan!Эсланг: Иброҳим Исмоил билан биргаликда Байтуллоҳнинг пойдеворини кўтариб (дедилар): «Парвардигоро, биздан (ушбу қилган амалимизни) Ўзинг қабул айла. Шубҳасиз, Сен эшитгувчи, билгувчисан!
Imom Buxoriy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan uzun qissada, jumladan, shu iboralar ham bor:
«Ibrohim: «Ey Ismoil, Alloh menga bir ish buyurdi»,–dedi.
Ismoil: «Robbingiz buyurgan ishni ado eting»,–dedi.
U: «Sen yordam berasanmi?»–dedi.
Ismoil: «Yordam beraman», - dedi.
Ibrohim: «Alloh menga mana shu yerga uy qurishni buyurdi»,– deb kichik tepalik va uning atrofini koʻrsatdi. Ana oʻshanda Baytullohning poydevorini koʻtara boshladilar. Oʻgʻil tosh tashirdilar, ota qurardilar».
Yuqoridagi oyatlar Baytullohning qurilish jarayonini jonlantirib, koʻz oldimizga olib keladi.
Ota-bola Paygʻambarlar Alloh taoloning amriga boʻysunib, darhol ish boshladilar. Qalblari toʻla taqvo ila:
«Ey Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sening Oʻzing eshituvchi, biluvchi Zotsan», deb iltijo aylab, duo qildilar.
Bu juda ulkan maqomdir. Salafi solihlardan Vuhayb ibn alVard rahmatullohi alayhi ushbu oyatni oʻqiganlarida yigʻlab turib:
«Ey Rohmanning xalili! Rohmanning baytining poydevorlarini koʻtarib turibsan-u, yana qabul boʻlmay qolarmikan, deb qoʻrqyapsanmi?!»–degan ekanlar. Ulkan qalblar, yetishgan shaxslar ana shunday hassos boʻladilar.
Ibrohim va Ismoil alayhimassalom Baytullohni qurar ekanlar, fursatni qulay bilib, koʻngillaridagi boshqa duolarni ham qilib oldilar:
«Robbimiz, ikkovimizni senga musulmon boʻlganlardan qil...»
Oʻzlari musulmon boʻla turib, yana shu duoni qilyaptilar. Hidoyatda bardavom boʻlish uchun Allohdan yordam umidi. Butun borligʻi ila Allohga taslim boʻlishdan ajramaslik umidi. Va ular, shu bilan birga, oʻzlariga nasib boʻlgan iymon neʼmatidan zurriyotlari ham bahramand boʻlishini tilamoqdalar:
«va zurriyotimizdan ham Oʻzingga musulmon ummat qil», demoqdalar.
Aqiyda ishi muhim ish, u moʻmin inson uchun eng ahamiyatli masaladir. Shuning uchun, avvalgi oyatlarda ahli haramga rizq soʻragan ota-bola Paygʻambarlar endi zurriyotlariga Allohdan iymon- islom soʻramoqdalar.
Ular yana Allohdan:
«Bizga ibodatlarimizni koʻrsat, tavbamizni qabul et», deb soʻrayaptilar.
Biz «ibodatlarimizni» deb tarjima qilgan soʻz arabchada «manasikana» deyilgan. «Manosik» soʻzi aslida ibodat maʼnosini anglatsa ham, urfda haj ibodatlari maʼnosida ishlatiladi. Shuning uchun, bu duoda, mana, Sening uyingni quryapmiz, endi uni haj qilishni ham Oʻzing oʻrgat, degan maʼno boʻladi. Duoning oxirida Allohning ularni umidvor qilgan sifatlari ham qoʻshib aytilyapti:
«Albatta, Sening Oʻzing tavbalarni koʻplab qabul etuvchi, rahimli Zotsan».
Uchinchi oyatda Ibrohim va Ismoil alayhimassalom Alloh taolo tomonidan katta neʼmat–zurriyotlariga oʻz ichlaridan Paygʻambar yuborishini soʻramoqdalar.
«Robbimiz, ularga oʻzlarining ichidan ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, kitobni va hikmatni oʻrgatadigan, ularni poklaydigan Paygʻambar yubor».
Oʻsha Paygʻambar ularga Allohning oyatlarini tilovat qilib beradi. Kitobni, yaʼni, Allohning kitobini oʻrgatadi. Oʻqishni, maʼnolarini, unga amal qilishni va unga taalluqli boshqa narsalarni oʻrgatadi. Hikmatni ham oʻrgatadi. «Hikmat»ning maʼnosi– har bir narsani oʻz joyiga qoʻyish demakdir. Ulamolarimiz «hikmat»dan murod–Paygʻambar alayhissalomning sunnatlari, deganlar. Mazkur Paygʻambarning vazifalaridan biri–ularni poklashdir. Yaʼni, shirk, kufr va yomon odatlardan poklashdir.
Alloh taolo Ibrohim va Ismoil alayhimassalomning duolarini koʻp asrlardan soʻng istijobat qilib, Muhammad alayhissalomni Paygʻambar qilib yubordi. U kishi Ibrohim va Ismoil alayhimassalomning zurriyotlaridan boʻlib, duodagi barcha sifatlar u kishida mujassam.
Chin dildan qilingan duo, albatta, qabul boʻladi. Lekin qabul qiluvchi Zot qachon xohlasa, oʻshanda qabul qiladi. Odamlar buni tushunmay shoshiladi, noumid boʻladi, xolos. Xoʻsh, oʻzini Ibrohim alayhissalomning merosxoʻrlari deb faxrlanib yurgan yahudiylar, nasroniylar va arab mushriklari shuncha gapdan keyin nima deydilar?! Toʻgʻri, hammalari Ibrohim alayhissalomning zurriyotlaridirlar. Ammo Ibrohim alayhissalom oʻgʻillari Ismoil alayhissalom bilan birga Baytullohni qurayotganlarida, «Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan» zurriyotlarigagina rizq va baraka soʻrab duo qildilar. Boshqalarga emas. Ular yana:
«Ikkovimizni oʻzingga musulmon boʻlganlardan qilgin», deb duo qildilar. Yahudiy yo nasroniy yoki mushrik qilgin, deb emas. Ular:
«Zurriyotimizdan ham oʻzingga musulmon ummat qilgin», deb duo qildilar. Bundan boshqaga emas. Ular butun olamlar Robbidan iltijo ila soʻragan Paygʻambar ham (Muhammad alayhissalom) keldi. Endi u kishiga iymon keltirish lozim. Bular hammasi Ibrohim alayhissalomga ergashganlarning eng birlamchi ishi boʻlishi lozim.
Chunki: