وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِٱلصَّلَوٰةِ وَٱصْطَبِرْ عَلَيْهَا ۖ لَا نَسْـَٔلُكَ رِزْقًا ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُكَ ۗ وَٱلْعَـٰقِبَةُ لِلتَّقْوَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ahlingni namozga amr et va o`zing unga sabr qil. Biz sendan rizq so`ramasmiz. Biz senga rizq beramiz. Oqibat taqvonikidir.Аҳлингни намозга амр эт ва ўзинг унга сабр қил. Биз сендан ризқ сўрамасмиз. Биз сенга ризқ берамиз. Оқибат тақвоникидир.Alauddin Mansour: Ahli-ummatingizni namoz oʻqishga buyuring va oʻzingiz ham (namoz oʻqishda) chidamli boʻling! Biz sizdan rizq soʻramaymiz, (bilʼaks) Oʻzimiz sizga rizq berurmiz. Oqibat-jannat — (ahli) taqvonikidir.Аҳли-умматингизни намоз ўқишга буюринг ва ўзингиз ҳам (намоз ўқишда) чидамли бўлинг! Биз сиздан ризқ сўрамаймиз, (билъакс) Ўзимиз сизга ризқ берурмиз. Оқибат-жаннат — (аҳли) тақвоникидир.
Musulmonning birinchi burchi ahlini, oilasini musulmon qilishdir. Bu ishda namoz muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun, ahlingni, oila aʼzolaringni namoz oʻqishga buyur. Oʻzing ham sabr ila namozda bardavom boʻl va ahlingni namozga undashda davom et. Alloh sendan boshqa narsani soʻramaydi. «Biz sendan rizq soʻramasmiz. Biz senga rizq beramiz.» Oʻsha bergan rizqimizga shukr qilib, namoz oʻqi va namozga buyur. «Oqibat taqvonikidir.» Yaxshi oqibatga sazovor boʻlish taqvoga bogʻliqdir.