وَلَوْ أَنَّآ أَهْلَكْنَـٰهُم بِعَذَابٍ مِّن قَبْلِهِۦ لَقَالُوا۟ رَبَّنَا لَوْلَآ أَرْسَلْتَ إِلَيْنَا رَسُولًا فَنَتَّبِعَ ءَايَـٰتِكَ مِن قَبْلِ أَن نَّذِلَّ وَنَخْزَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Biz ularni u(kelishi)dan oldin azob-la halok qilganimizda edi, albatta: «Ey Robbimiz, bizga Payg`ambar yuborganingda edi, xoru zor va sharmanda bo`lishimizdan oldin oyatlaringga ergashgan bo`lar edik», derdilar.Агар Биз уларни у(келиши)дан олдин азоб-ла ҳалок қилганимизда эди, албатта: «Эй Роббимиз, бизга Пайғамбар юборганингда эди, хору зор ва шарманда бўлишимиздан олдин оятларингга эргашган бўлар эдик», дердилар.Alauddin Mansour: Agar Biz ularni (Muhammad alayhis-salotu vas-salom kelishidan va Qurʼon nozil boʻlishidan) ilgari biron azob bilan halok qilganimizda, ular albatta: «Parvardigoro, bizlarga biron paygʻambar yuborganingda edi, bizlar xor-zor va sharmanda boʻlmay, Sening oyatlaringga ergashar — itoat etar edik», degan boʻlur edilar.Агар Биз уларни (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом келишидан ва Қуръон нозил бўлишидан) илгари бирон азоб билан ҳалок қилганимизда, улар албатта: «Парвардигоро, бизларга бирон пайғамбар юборганингда эди, бизлар хор-зор ва шарманда бўлмай, Сенинг оятларингга эргашар — итоат этар эдик», деган бўлур эдилар.
Yaʼni, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Paygʻambar boʻlib kelishlaridan oldin Biz oʻsha mushriklarga azob yuborib, halok qilganimizda, ular, albatta, Bizga norozilik bildirishar, nima uchun bizga avval Paygʻambar yuborib, ogohlantirmasdan halok etding, deyishgan boʻlar edi. Paygʻambar yuborsak, endi moʻʼjiza talab etishmoqda.