QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят112

قَـٰلَ رَبِّ ٱحْكُم بِٱلْحَقِّ ۗ وَرَبُّنَا ٱلرَّحْمَـٰنُ ٱلْمُسْتَعَانُ عَلَىٰ مَا تَصِفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, O`zing haq ila hukm qil. Robbimiz Rohmandir va sizlar qilgan vasflardan madad so`raladigan Zotdir», dedi.У: «Эй Роббим, Ўзинг ҳақ ила ҳукм қил. Роббимиз Роҳмандир ва сизлар қилган васфлардан мадад сўраладиган Зотдир», деди.Alauddin Mansour: (Muhammad alayhis-salotu vas-salom) aytdi: «Parvardigorim, Oʻzing Haq hukmingni qilgin. Parvardigorimiz — sizlarning («Alloh yolgʻiz emas», deb U zotni boʻhton sifat bilan) sifatlashlaringizdan madad soʻraladigan Rahmondir».(Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) айтди: «Парвардигорим, Ўзинг Ҳақ ҳукмингни қилгин. Парвардигоримиз — сизларнинг («Аллоҳ ёлғиз эмас», деб У зотни бўҳтон сифат билан) сифатлашларингиздан мадад сўраладиган Раҳмондир».

331-sahifa · 17-juz · 33-hizb331-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَـٰلَu dediу дедиرَبِّey Robbimэй Роббимٱحْكُمhukm qilҳукм қилبِٱلْحَقِّ ۗhaq ilaҳақ илаوَرَبُّنَاva Robbimizва РоббимизٱلرَّحْمَـٰنُRohmandirРоҳмандирٱلْمُسْتَعَانُmadad soʻraladigan zotdirмадад сўраладиган зотдирعَلَىٰqarshiқаршиمَاnarsalargaнарсаларгаتَصِفُونَsizlar vasf qilayotganсизлар васф қилаётган
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Robbim, men omonatingni ado etdim. Kishilarga taʼlimotlaringni yetkazdim. Endi Oʻzing haq ila hukm qilaver, dedilar.

Soʻngra kofirlarga xitob qilib:

Robbimiz, yaʼni, barchamizning Robbimiz Rohmandir. Uning Oʻzi siz qilayotgan notoʻgʻri vasflar uchun keladigan azobdan qutulishga madad soʻraladigan yagona Zotdir, dedilar.

Alloh taoloning yordami va rioyati

SHAYX

MUHAMMAD SODIQ

MUHAMMAD YUSUF

TUZATILGAN VA QOʻSHIMCHA QILINGAN

IKKINCHI NASHR

4 JUZ Alloh taoloning kalomi tafsiri borasidagi ushbu kamtarona urinishni qiblagohim Muhammad Yusuf hoji va onajonim Sobira xonim Tilakberdi qizi rahmatullohi alayhimolarga bagʻishlayman. Haqq taolodan ularni magʻfirat aylab, joylarini jannatdan qilishini tilab duolar qilaman. Muhtaram oʻquvchilardan ota-onamiz haqlariga duolar umididaman.

Muallif. Sh i o r i m i z: Ahli sunna va jamoa mazhabi asosida pok aqiyda va musaffo Islomga intilish, Qurʼon va sunnatni oʻrganib amal qilish, islomiy maʼrifat taratish, salafi solih — ulugʻ mujtahidlarga ergashish,

© Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, 2008. kengbagʻirlik va birodarlik ruhini tarqatish. Diyniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bidʼat-xurofotlarni yoʻqotish.