QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят111

إِنِّى جَزَيْتُهُمُ ٱلْيَوْمَ بِمَا صَبَرُوٓا۟ أَنَّهُمْ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Men bugun ularni sabr qilganlari uchun mukofotladim. Albatta, ular o`zlari yutuqqa erishguvchilardir.Албатта, Мен бугун уларни сабр қилганлари учун мукофотладим. Албатта, улар ўзлари ютуққа эришгувчилардир.Alauddin Mansour: Men bugun ularni (sizlarning ozor-aziyatlaringizga) sabr-toqat qilganlari sababli mukofotladim — ular haqiqiy (baxt-saodatga) erishguvchidirlar».Мен бугун уларни (сизларнинг озор-азиятларингизга) сабр-тоқат қилганлари сабабли мукофотладим — улар ҳақиқий (бахт-саодатга) эришгувчидирлар».

349-sahifa · 18-juz · 35-hizb349-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنِّىalbatta, Menалбатта, Менجَزَيْتُهُمُularni mukofotladimуларни мукофотладимٱلْيَوْمَbugunбугунبِمَاuchunучунصَبَرُوٓا۟sabr qilganlariсабр қилганлариأَنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларهُمُoʻzlariўзлариٱلْفَآئِزُونَyutuqqa erishguvchilardirютуққа эришгувчилардир
TafsirТафсир

Ushbu oyatlarda mushriklarning oʻzlarini dunyo hayotiga qaytarish toʻgʻrisidagi soʻrovlariga Alloh taoloning javobi va nima uchun bunday javob boʻlganining sharhi kelmoqda. Alloh ularning mazkur soʻrovlariga javoban: «U(yer)da xor boʻlib qolavering va menga gapirmang!» dedi. Yaʼni, jahannamda xor boʻlgan holingizda qolavering. U yerdan chiqmaysiz. Hamda Menga gapirmang. Turli soʻrovlar soʻramang. Buning oʻziga yarasha sababi bor. «Aniqki...» U dunyoda «...Mening bandalarimdan bir guruhi...» Yaʼni, moʻmin-musulmon bandalarim: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik». Biz senga iymon keltirib, moʻmin boʻldik. Umidimiz shulki, «Bizni magʻfirat qilgin. Bizga rahim qilgin». Bizning gunohlarimizni kechgin. Oʻz rahmatingga olgin. «Sening Oʻzing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», degan edilar. «Bas, siz ularni masxara qildingiz.» Oʻzingiz kofir boʻlganingiz yetmaganidek, menga iymon keltirib, iltijo qilgan bandalarimni masxara ham qildingiz. «Hattoki, u(ish) sizga Mening zikrimni unuttirdi.» Ularni masxara qilish bilan ovora boʻlib Meni unutdingiz. «Siz ulardan kular edingiz.» Yaʼni, siz oʻsha bandalarimning iymonlari, iltijolari, dindorliklari ustidan kular edingiz. Mana endi, sizlarni bugun doʻzaxga soldim, azobga giriftor qilib jazoladim. «Albatta, Men bugun ularni sabr qilganlari uchun mukofotladim.» Jannatga doxil qildim. «Albatta, ular oʻzlari yutuqqa erishguvchilardir.» Soʻngra soʻzida davom etib: