وَمَن يَدْعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَـٰهًا ءَاخَرَ لَا بُرْهَـٰنَ لَهُۥ بِهِۦ فَإِنَّمَا حِسَابُهُۥ عِندَ رَبِّهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلْكَـٰفِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilsa, bu xususda hech bir dalili yo`qdir. Bas, uning hisobi faqat Robbining huzuridadir. Albatta, kofirlar najot topmaslar.Ким Аллоҳ билан бирга бошқа илоҳга илтижо қилса, бу хусусда ҳеч бир далили йўқдир. Бас, унинг ҳисоби фақат Роббининг ҳузуридадир. Албатта, кофирлар нажот топмаслар.Alauddin Mansour: Kim oʻzi uchun hech qanday hujjat boʻlmagan holda Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilsa, bas, uning hisob-kitobi Parvardigorining huzurida boʻlur. Albatta kofir boʻlgan kimsalar najot topmaslar.Ким ўзи учун ҳеч қандай ҳужжат бўлмаган ҳолда Аллоҳ билан бирга бошқа бирон илоҳга илтижо қилса, бас, унинг ҳисоб-китоби Парвардигорининг ҳузурида бўлур. Албатта кофир бўлган кимсалар нажот топмаслар.
Allohga boshqa ilohni sherik etganlar, hech bir dalil, hujjatsiz shirk keltirgan boʻladilar. Undoq odamlar bilan Alloh taolo Oʻzi bilib hisob-kitob qiladi.
«Albatta, kofirlar najot topmaslar.»
Suraning avvalida moʻminlarning albatta najot topishlari aytilgan edi. Suraning oxirida esa, kofirlarning najot topmasliklari taʼkidlanmoqda.
Va nihoyat, oxirgi oyatda Alloh taolodan rahmat va magʻfirat soʻrash tavsiya qilinmoqda.
Ey Paygʻambar!