QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят34

وَلَئِنْ أَطَعْتُم بَشَرًا مِّثْلَكُمْ إِنَّكُمْ إِذًا لَّخَـٰسِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar o`zingizga o`xshagan basharga itoat qilsangiz, unda, albatta, siz ziyonkorlardandirsiz.Агар ўзингизга ўхшаган башарга итоат қилсангиз, унда, албатта, сиз зиёнкорлардандирсиз.Alauddin Mansour: Qasamki, agar sizlar oʻzingizga oʻxshagan odamga itoat kilib (oʻz butlaringizdan kechsangizlar), u holda albatta ziyon koʻrguvchidirsizlar.Қасамки, агар сизлар ўзингизга ўхшаган одамга итоат килиб (ўз бутларингиздан кечсангизлар), у ҳолда албатта зиён кўргувчидирсизлар.

344-sahifa · 18-juz · 35-hizb344-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَئِنْva albatta agarва албатта агарأَطَعْتُمitoat qilsangizитоат қилсангизبَشَرًۭاbashargaбашаргаمِّثْلَكُمْoʻzingizga oʻxshaganўзингизга ўхшаганإِنَّكُمْalbatta, sizалбатта, сизإِذًۭاundaундаلَّخَـٰسِرُونَziyonkorlardandirsizзиёнкорлардандирсиз
TafsirТафсир

Bu qavmning javobi ham mohiyatan Nuh qavmi javobining aynan oʻzi, faqat iboralari boshqa, xolos. Bu safar ham qavm nomidan zodagonlari javob bermoqda. Bu safar ham Paygʻambar daʼvatining mohiyatiga qarab, Paygʻambarning oddiy bashar ekanini shubhaga asos qilib olish va hokazolar sodir boʻlmoqda.

Biroq, bu oʻrinda zodagonlarning sifatlari bir oz batafsil vasf qilinmoqda:

«Uning qavmidan kufr keltirgan, oxiratga roʻbaroʻ boʻlishini yolgʻonga chiqargan va Biz ularni hayoti dunyoda maiyshatparast qilib qoʻygan zodagonlari...»

Yaʼni, ular oʻsha Paygʻambarning qavmidagi kufr keltirgan, Paygʻambarga ishonmaydigan,

«...oxiratga roʻbaroʻ boʻlishini yolgʻonga chiqargan...», yaʼni qiyomat qoim boʻlishini inkor etadigan kishilardir.

«...va Biz ularni hayoti dunyoda maiyshatparast qilib qoʻygan...»

Yaʼni, bu zodagonlar faqat maiyshat haqida oʻylab, shu uchun harakat qilib, zebu ziynat, ayshu ishratga berilib ketgan. Demak, ularda eng yomon sifatlar mujassam boʻlgan ekan. Ular bu sifatlari ila dinga, iymonga qarshi turishlari turgan gap. Ana oʻshalar Paygʻambar oʻz daʼvatini qavmiga yetkazganidan keyin quyidagilarni aytdilar:

«Bu, sizga oʻxshagan bashar, xolos».

Bu odamning «Men Paygʻambar boʻlib keldim» degan gapiga ishonmanglar. U Paygʻambar emas, u sizga oʻxshagan bashar, xolos. Uning sizdan hech qanday farqi yoʻq.

«Siz yegan narsadan yeydir, siz ichgan narsadan ichadir.»

Oddiy odamligini shundan bilib olavering. Xudoning Paygʻambari boʻlsa, taom yeb, suv icharmidi, bas, shunday ekan, aslo uning gapiga kirmang.

«Agar oʻzingizga oʻxshagan basharga itoat qilsangiz, unda, albatta, siz ziyonkorlardandirsiz.»

Yaʼni, Paygʻambarlikni daʼvo qilib turgan ushbu oʻzingizga oʻxshagan oddiy odamga iymon keltirib, unga itoat qiladigan boʻlsangiz, albatta, ziyon tortasiz.

Boshqa gaplari qatori zodagonlarning bu gapi ham ularning naqadar ahmoq ekanliklarini koʻrsatib turibdi. Avvalo, oʻsha inson nimaga daʼvat etayotganini surishtirmaydilar yoki bilsalar ham, bilmaslikka oladilar. Axir, u odam «Allohga ibodat qiling» dedi-ku! «Allohga ibodat qiling» degan odamga itoat etgan ziyonkor boʻlarmidi? Ammo, shu bilan birga, odamlar zodagon mushriklarning oʻzlariga yoki qoʻllari bilan yasab olgan butlariga itoat qilsa, yaxshi boʻlarmish!

«U sizga, oʻlsangiz, tuproq va suyak boʻlsangiz ham, albatta, chiqarilguvchi boʻlishingizni vaʼda qilmoqdami?!»

Yaʼni, oʻsha Paygʻambar siz ajalingiz yetib oʻlsangiz, chirib tuproq va suyakka aylansangiz ham yana qabrdan tirik chiqarilishingizni vaʼda qilmoqdami?

Ular oʻzlarining bu inkoriy savollari orqali oʻlgandan keyin qayta tirilishni istehzo yoʻli bilan rad etmoqdalar.

«Hayhot! Hayhot! Sizga vaʼda qilingan narsa naqadar uzoq!»

Sizga oʻsha Paygʻambar vaʼda qilayotgan qayta tirilish haqiqatdan uzoq, boʻlishi mumkin emas narsa.

«Shu dunyodagi hayotimizdan boshqa hayot yoʻqdir.»

Oxirat hayoti bor, deganiga ishonmanglar. Faqat yashab turganimiz ushbu hayot bor, xolos.

«Oʻlamiz, tirilamiz...»

Yaʼni, baʼzilarimiz hayotimiz tugasa, oʻlamiz, baʼzilarimiz onadan tugʻilib, hayotga kelib, tirilamiz.

«...va biz qayta tirilguvchi emasmiz.»

Oʻlgandan keyin ish bitdi. Hech kim yana tirilmaydi. Paygʻambarlikni daʼvo qilayotgan anavi odamning gapiga ishonmanglar, u Paygʻambar emas.

«U, faqat, Allohga nisbatan yolgʻon uydirgan odam, xolos.»

U oʻzicha yolgʻon toʻqib, meni Alloh Paygʻambar qilib yubordi, deb yuribdi, xolos.

«Biz unga iymon keltirguvchi emasmiz», dedilar.»

Unga iymon keltirib, moʻmin boʻlmaymiz, uning aytganlariga ishonmaymiz, dedilar. Kofirlarning bu gaplaridan keyin: