QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят58

وَٱلَّذِينَ هُم بِـَٔايَـٰتِ رَبِّهِمْ يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Robbilari oyatlariga iymon keltiradiganlar.Ва Роббилари оятларига иймон келтирадиганлар.Alauddin Mansour: Parvardigorlarining oyatlariga iymon keltiradigan kishilar,Парвардигорларининг оятларига иймон келтирадиган кишилар,

345-sahifa · 18-juz · 35-hizb345-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva ularва уларهُمularуларبِـَٔايَـٰتِoyatlarigaоятларигаرَبِّهِمْRobbilariРоббилариيُؤْمِنُونَiymon keltiradilarиймон келтирадилар
TafsirТафсир

Ushbu oyatlarda moʻminlarning bir necha sifatlari zikr qilinmoqda:

1. Allohdan doimo qoʻrqib, xavfsirab turish. Yaʼni, doimo taqvodorlik darajasida boʻlish.

2. Allohning oyatlariga iymon keltirish. Xoh ular Allohning kitobi samoviysining oyatlari boʻlsin, xoh borliqdagi oyat-moʻʼjizalari boʻlsin, bari bir.

3. Alloh taologa shirk keltirmaslik. Eʼtiqodda Uning sherigi borligini tan olmaslik, amalda Allohdan boshqa uchun amal qilmaslik.

4. Zakot, sadaqa berganda qiyomat kuni Alloh taologa qaytishni oʻylab, qalbi titrab turib berish.

Bu sifatning zikri kelgan oyat tafsirida imom Ahmad quyidagi hadisni rivoyat qiladilar. Oisha onamiz Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga:

«Ey, Allohning Rasuli, «Beradigan narsalarini albatta Robbilariga qaytguvchi ekanliklaridan qalblari titragan holda beradiganlar» oʻgʻrilik etib, zino qilib, aroq ichib, keyin Allohdan qoʻrqadiganlarmi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Yoʻq! Ey, Siddiqning qizi! U namoz oʻqiydigan, roʻza tutadigan, sadaqa qiladigan va shu bilan birga, Allohdan qoʻrqadigan odam», dedilar.»

Imom Faxriddin Roziy rahmatullohi alayhi tafsirlarida oʻsha sifatlar haqida quyidagilarni yozgan ekanlar:

«Bilginki, bu sifatlarning tartibi gʻoyat goʻzaldir:

Birinchi sifat taqiqlangan narsadan saqlanishni vojib qiluvchi qattiq qoʻrqinchga dalolat etadi.

Ikkinchi sifat Allohning vahdoniyatini tasdiqlashga dalolat qiladi.

Uchinchi sifat toatlarda riyokorlikni tark etishga dalolat qiladi.

Toʻrtinchi sifat oldingi uch sifatni jamlashga dalolat qiladi. Toatlarini titrab, nuqsonga uchrashidan qoʻrqib ado etadi. Ana shu, siddiqlar maqomining choʻqqisidir. Alloh bizlarni ham shunga erishtirsin».

Lekin bu degani, haqiqiy moʻmin boʻlish qiyin ish, moʻminlik sifatlarini oʻzida jamlash uchun insondan odatdan tashqari narsa talab qilinadi ekan, degani emas. Chunki: