QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят62

وَلَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۖ وَلَدَيْنَا كِتَـٰبٌ يَنطِقُ بِٱلْحَقِّ ۚ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz hech bir jonga toqatidan tashqari taklif qilmasmiz. Huzurimizda kitob bor. U haqni so`zlaydir. Ularga zulm qilinmas.Биз ҳеч бир жонга тоқатидан ташқари таклиф қилмасмиз. Ҳузуримизда китоб бор. У ҳақни сўзлайдир. Уларга зулм қилинмас.Alauddin Mansour: Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmasmiz. Bizning dargohimizda faqat haqni soʻzlaydigan kitob (yaʼni, har bir bandaning nomayi aʼmoli) bordir. Ularga (Qiyomat Kunida yaxshiliklarini yashirish yo yomonliklarini oshirish bilan) zulm qilinmas.Биз ҳеч бир жонни тоқатидан ташқари нарсага таклиф қилмасмиз. Бизнинг даргоҳимизда фақат ҳақни сўзлайдиган китоб (яъни, ҳар бир банданинг номайи аъмоли) бордир. Уларга (Қиёмат Кунида яхшиликларини яшириш ё ёмонликларини ошириш билан) зулм қилинмас.

346-sahifa · 18-juz · 35-hizb346-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасنُكَلِّفُtaklif qilurmizтаклиф қилурмизنَفْسًاhech bir jongaҳеч бир жонгаإِلَّاmagarмагарوُسْعَهَا ۖtoqatichaтоқатичаوَلَدَيْنَاva huzurimizdaва ҳузуримиздаكِتَـٰبٌۭkitob borкитоб борيَنطِقُsoʻzlaydirсўзлайдирبِٱلْحَقِّ ۚhaqniҳақниوَهُمْva ularва уларلَاemasэмасيُظْلَمُونَzulm qilinurlarзулм қилинурлар
TafsirТафсир

Alloh taolo insonni yaratgan zot. U, insonning imkoniyatlarini, toqati nimaga yetish-yetmasligini juda yaxshi biladigan zot. Shuning uchun, Alloh taolo insonga nima narsalarni taklif qilish va buyurishni ham Oʻzi juda yaxshi biladi.

«Biz hech bir jonga toqatidan tashqari taklif qilmasmiz.»

Islom shariatining barcha takliflari inson toqati va imkoniyati doirasidadir. Zotan, toqati yetmaydigan ishni buyurib qoʻyib, soʻngra hisob-kitob qilish mantiqqa ham toʻgʻri kelmaydi.

«Huzurimizda kitob bor. U haqni soʻzlaydir.»

Allohning hamma amallar yozilib turadigan kitobi bor. U kitob faqat haqni soʻzlaydi. Bandalar nima qilgan boʻlsa, aniq oʻshani aytadi. Oshirib ham, kamaytirib ham yubormaydi.

«Ularga zulm qilinmas.»

Bandalarga hech zulm qilinmay, amallariga yarasha jazo yoki mukofot beriladi.