ٱللَّهُ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ رَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْعَظِيمِ ۩
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh — Undan o`zga hech qanday iloh yo`q Zotdir. U ulug` arshning Robbidir», dedi.Аллоҳ — Ундан ўзга ҳеч қандай илоҳ йўқ Зотдир. У улуғ аршнинг Роббидир», деди.Alauddin Mansour: «Alloh — hech qanday iloh yoʻq, magar Uning Oʻzigina bordir. U ulugʻ Arsh Egasidir».«Аллоҳ — ҳеч қандай илоҳ йўқ, магар Унинг Ўзигина бордир. У улуғ Арш Эгасидир».
Nima uchun Sabaʼ malikasi va uning qavmi quyoshga sajda qiladilar? Axir, Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq-ku! Ulugʻ arshning Robbi faqat Allohning oʻzi-ku!
Shu gaplar bilan Hudhud oʻta muhim xabarni aytib boʻldi. Sulaymon alayhissalom nima qilsinlar? Hudhudning bu gaplariga ishonsinlarmi yoki yoʻqmi? Aybini berkitish uchun Hudhud bu gaplarni oʻzidan toʻqimadimikan? Lekin bunchalik katta gapni oʻzidan toʻqishi ham qiyin. Yoʻq, Sulaymon alayhissalom nima qilishlarini Alloh u kishiga bergan ilm asosida yaxshi biladilar. Ul zot ana shu ilmga binoan tasarruf qildilar.