QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят90

وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَكُبَّتْ وُجُوهُهُمْ فِى ٱلنَّارِ هَلْ تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim yomonlik qilsa, bas, yuztuban do`zaxga tashlanurlar va (ularga): «Sizlarga faqat qilgan amallaringiz jazosi berilmoqda, xolos», (deyilur).Ким ёмонлик қилса, бас, юзтубан дўзахга ташланурлар ва (уларга): «Сизларга фақат қилган амалларингиз жазоси берилмоқда, холос», (дейилур).Alauddin Mansour: Kim yomonlik bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida doʻzaxga tashlanurlar. (Va ularga aytilur): «Sizlarga faqat qilib oʻtgan amallaringizning jazosi berilur».Ким ёмонлик билан келса, бас, юзтубан ҳолларида дўзахга ташланурлар. (Ва уларга айтилур): «Сизларга фақат қилиб ўтган амалларингизнинг жазоси берилур».

385-sahifa · 20-juz · 39-hizb385-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنva kimва кимجَآءَkelsa (qilsa)келса (қилса)بِٱلسَّيِّئَةِyomonlik ilaёмонлик илаفَكُبَّتْbas, tashlanurlarбас, ташланурларوُجُوهُهُمْyuzlariюзлариفِىichigaичигаٱلنَّارِdoʻzaxдўзахهَلْ-mi-миتُجْزَوْنَjazolanursizжазоланурсизإِلَّاfaqatфақатمَاnarsaнарсаكُنتُمْedingizэдингизتَعْمَلُونَqilib yurganқилиб юрган
TafsirТафсир

Yomonlik qilganlarga, kofirlarga, gunohkorlarga faqat amallariga yarasha jazo beriladi. Undan ziyoda qilinmaydi. Ularni yuztuban holda doʻzaxga sudrab kiritiladi.

Va nihoyat, surai karima Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tillaridan aytilgan quyidagi oyatlar bilan yakunlanadi: