QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят69

مَا كَانَ لِىَ مِنْ عِلْمٍۭ بِٱلْمَلَإِ ٱلْأَعْلَىٰٓ إِذْ يَخْتَصِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oliy to`plam haqida ular tortishayotganlarida mening hech bilimim bo`lmagan edi.Олий тўплам ҳақида улар тортишаётганларида менинг ҳеч билимим бўлмаган эди.Alauddin Mansour: Men uchun (Odamning Yer yuziga xalifa qilinishi toʻgʻrisida Alloh taolo bilan) tortishayotgan farishtalar haqida hech qanday bilim yoʻq edi.Мен учун (Одамнинг Ер юзига халифа қилиниши тўғрисида Аллоҳ таоло билан) тортишаётган фаришталар ҳақида ҳеч қандай билим йўқ эди.

457-sahifa · 23-juz · 46-hizb457-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَاemasэмасكَانَediэдиلِىَmendaмендаمِنْhechҳечعِلْمٍۭbilimбилимبِٱلْمَلَإِtoʻplam haqidaтўплам ҳақидаٱلْأَعْلَىٰٓoliyолийإِذْoʻshandaўшандаيَخْتَصِمُونَular tortishayotganlaridaулар тортишаётганларида
TafsirТафсир

Ey Muhammad, Qurʼon haqida shak-shubhaga tushayotgan oʻsha mushriklarga gapning ochigʻini ayt. Sen ularga Qurʼonning nimaligini bayon qilib ber.

«Sen: «Bu ulugʻ bir xabardir», deb ayt

Bu Qurʼon ulugʻ xabardir. Butun dunyoni zulmatdan nurga olib chiquvchi ulugʻ xabardir. Qiyomat kunigacha ilohiy moʻʼjiza boʻlib qoluvchi ulugʻ xabardir. Qiyomatgacha insoniyatga ikki dunyo saodat yoʻlini koʻrsatib turuvchi ulugʻ xabardir. Dunyodagi har bir inson unga iymon keltirishi lozim boʻlgan ulugʻ xabardir.

«Siz boʻlsangiz, undan yuz oʻgirmoqdasiz.»

Siz boʻlsangiz, unga iymon keltirmasdan, yuz oʻgirmoqdasiz. Uning neligini tushunmay, u haqda buzuq fikrlaringizni yoymoqdasiz. Xohishingizga mos kelmagani uchun undan yuz oʻgirmoqdasiz. Odamlarga ham oʻzingiz toʻqigan uydirmalarni singdirmoqdasiz.

«Oliy toʻplam haqida ular tortishayotganlarida mening hech bilimim boʻlmagan edi.»

Ey mushriklar, bu Qurʼon va Paygʻambarlik shaʼni siz oʻylayotgandek oddiy va joʻn emas. U mening shaxsimga ham bogʻliq emas. Bu gaplarni men oʻylab chiqarganim yoʻq. Oliy toʻplamda (farishtalar olamida) bu haqda oʻzaro tortishuvlar boʻlayotganida mening hech ilmim yoʻq edi. Men u haqda hech narsa bilmas edim.

«Menga faqat oʻzimning ochiq-oydin ogohlantirguvchi ekanligimgina vahiy etilur», deb ayt.»

Bu ishlarda mening daxlim yoʻq. Men faqat ogohlantirguvchi elchiman. Oʻzimga kelgan vahiyni sizlarga yetkazaman, xolos.

Shu oʻrinda oʻsha oliy toʻplamda boʻlib oʻtgan, Alloh vahiy qilmagunicha hech kim bilmagan ishlardan bittasi keltiriladi: