إِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَـٰٓئِكَةِ إِنِّى خَـٰلِقٌۢ بَشَرًا مِّن طِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Esla! O`shanda Robbing farishtalarga: «Albatta, men loydan bashar yaratguvchidirman.Эсла! Ўшанда Роббинг фаришталарга: «Албатта, мен лойдан башар яратгувчидирман.Alauddin Mansour: Eslang, Parvardigoringiz farishtalarga degan edi: «Albatta men loydan bir odam yaratguvchidirman.Эсланг, Парвардигорингиз фаришталарга деган эди: «Албатта мен лойдан бир одам яратгувчидирман.
Ushbu ikki oyati karimada odamni yaratishning maʼlum va mashhur qissasi haqida soʻz bormoqda. Odamlarga oʻz asllari eslatilmoqda. Xususan, kofir va mushriklarga kim ekanliklari bildirilmoqda va qilayotgan ishlarining oqibati nima boʻlishi bayon qilinmoqda.
«Esla, oʻshanda Robbing farishtalarga: «Albatta, men loydan bashar yaratguvchidirman», degan edi.
Tuproqqa suv qoʻshib ishlangan loydan odam yaratishga Allohning irodasi ketgan va bu haqda farishtalarga xabar bergan edi. Ha, inson loydan yaralgandir. Boshqa jonzotlar kabi, oddiy loydan yaratilgan. Uni oʻsha loydan boshqa barcha narsalarni ham yaratgan zot–Alloh yasagandir. Inson qanchalik oʻzini baland tutsa ham, baribir, loydan yaralgan, bir kun borib, yana loyga aylanadi.
«Bas, qachonki uni rostlab, ichiga ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilib yiqilinglar!» – degan edi.»
Alloh taolo soʻzida davom etib, ey farishtalar, men loydan Odamning shaklini, qomatini rostlab, soʻngra uning tanasiga ruhimdan puflaganimda, siz unga sajda qilib, yiqilinglar, demoqda.
Ha, Alloh taolo Oʻz ruhidan puflagani loyni oliy maqomga koʻtardi. Aynan ana shu ruh uni boshqa jonzotlardan ajratdi, ularning hammasidan ustun qildi. Aynan oʻsha ruh Odamga farishtalar sajda qilishlari uchun sabab boʻldi.