وَلَتَعْلَمُنَّ نَبَأَهُۥ بَعْدَ حِينٍۭ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, uning xabarini bir muddatdan so`ng bilursiz», deb ayt.Албатта, унинг хабарини бир муддатдан сўнг билурсиз», деб айт.Alauddin Mansour: Albatta sizlar uning (ilohiy vahiy ekanligi haqidagi) xabarni (ozgina) vaqtdan soʻng (Qiyomat Kuni) bilib olursizlar».Албатта сизлар унинг (илоҳий ваҳий эканлиги ҳақидаги) хабарни (озгина) вақтдан сўнг (Қиёмат Куни) билиб олурсизлар».
Ey, kofirlar, ey, mushriklar, men Qurʼonni yetkazganim uchun sizdan haq soʻramayman. Men Qurʼonga daʼvat qilish bilan oʻz manfaatimni koʻzlayotganim yoʻq.
«Men soxtakorlardan ham emasman.»
Men oʻzida yoʻq narsani bor deb daʼvo qiladigan, oʻzida yoʻq xislatni bor qilib koʻrsatishga intiladigan kimsalardan ham emasman. Men haqiqiy Paygʻambarman.
«U(Qurʼon) faqat olamlar uchun eslatma, xolos.»
U, siz daʼvo qilayotganingizdek, sehr ham, sheʼr ham emas. U, odamlar uchun, olamlar uchun eslatmadir. U, faqat odamlar uchun emas, balki biz bilgan va bilmagan barcha olamlar uchun (masalan, jinlar olami uchun) ham esalatmadir. U, olamlarga iymonni, ixlosni, ibodatni, jannatni eslatadi. U, olamlarga kufrni, isyonni, nifoqni, doʻzaxni eslatadi. U, olamlarni vaʼz-nasihat yoʻli bilan yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytaradi. Bas, bu ulkan haqiqatni barchangiz esingizda saqlang.
«Albatta, uning xabarini bir muddatdan soʻng bilursiz», deb ayt.»
Bir oz muddat oʻtsin, Qurʼonning xabarini bilib olasiz. Uning xabari butun olamni oladi. Uning xabari hammaning ogʻzidan tushmay qoladi. Uning xabari oldida boshqa xabarlar hech narsa boʻlmay qoladi.
Shuningdek, u keltirgan barcha xabar toʻgʻri boʻlib chiqadi, buni ham koʻrasiz.