QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят156

وَبِكُفْرِهِمْ وَقَوْلِهِمْ عَلَىٰ مَرْيَمَ بُهْتَـٰنًا عَظِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Va kufrlari, Maryamga qarshi ulkan bo`hton aytganlari uchun».«Ва куфрлари, Марямга қарши улкан бўҳтон айтганлари учун».Alauddin Mansour: Yana kofirliklari va Maryam xususida ulugʻ boʻhton qilganliklari sababli (Biz ularni laʼnatladik).Яна кофирликлари ва Марям хусусида улуғ бўҳтон қилганликлари сабабли (Биз уларни лаънатладик).

103-sahifa · 6-juz · 11-hizb103-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَبِكُفْرِهِمْva kufrlari sababliва куфрлари сабаблиوَقَوْلِهِمْva deganlariва деганлариعَلَىٰqarshiқаршиمَرْيَمَMaryamgaМарямгаبُهْتَـٰنًاboʻhtonбўҳтонعَظِيمًۭاulkanулкан
TafsirТафсир

Ushbu oyatlarda yahudiylarning Allohning laʼnatiga uchrashlariga sabab boʻlgan baʼzi qilmishlari zikr etilyapti.

Oʻsha qilmishlardan birinchisi:

«Ahdnomalarini buzganlari».

Yahudiylar ahdnomalarini qanday buzganlarini oʻtgan oyatda ham yaqqol koʻrdik, oʻrgandik va anglab yetdik.

Ikkinchisi:

«Allohning oyatlariga kufr keltirganliklari».

«Oyat» deganda belgi va moʻʼjiza maʼnolari ham tushuniladi. Alloh taolo yahudiylarga iymonga kelishlari va toʻgʻri yoʻlga tushishlari uchun koʻplab oyatlar–belgi va moʻʼjizalar koʻrsatdi. Bosh-qa sura va oyatlarda ularning zikri kelgan. Ammo, yahudiylar mazkur moʻʼjizalarning barchasiga kufr keltirdilar, ularni inkor etdilar.

Uchinchisi:

«Paygʻambarlarni nohaqdan oʻldirganlari».

Bu ham maʼlum va mashhurdir. Qurʼonda oʻrni bilan bu masala ham keragicha yoritilgan. Misol uchun, yahudiylar Zakariyo va Yahyo alayhissalomlarni nohaqdan oʻldirganlarini eslash kifoya qiladi.

Toʻrtinchisi:

«qalblarimiz berk», deganlari».

Bu gapni ular Paygʻambarimiz alayhissalomning daʼvatlariga javoban aytganlar. Ularni Islomga chaqirganlarida, masxara qilib: «Bizning qalblarimiz berk, sening daʼvating kirmaydi», deganlar. Bu bilan ular, biz sening gapingga quloq ham solmaymiz, demoqchi boʻlganlar.

Vo ajabo, haqiqatda ham ularning qalblari berk holda, unga hech narsa kirmaydigan qilib yaratilganmi?!

«Yoʻq! Balki, kufrlari sababli Alloh qalblariga muhr bosgan, ozginalaridan boshqasi iymon keltirmaslar».

Yaʼni, aslida ularning qalblari ham boshqalarniki kabi yaratilgan, ular aytgandek, berk qilib yaratilgan emas. Ammo kufrlari sababli Alloh ularning qalblarini muhrlab, qattiq, betaʼsir va berk qilib qoʻygan. Shuning uchun ham, ulardan juda ham oz odamlar musulmonlikni qabul qiladilar.

Beshinchisi:

«Va kufrlari, Maryamga qarshi ulkan boʻhton aytganlari...»

Oltinchisi:

«Allohning Rasuli Masiyh Iyso ibn Maryamni biz oʻldirdik», deganlari...»

Aslida, yahudiylar Iyso alayhissalomni Paygʻambar deb tan olmaganlar. Bu yerdagi «Allohning Rasuli» deyishlari istehzo va masxara uchundir. Ular Iyso alayhissalomni oʻldirganliklarini daʼvo qiladilar. Lekin bu quruq daʼvo, xolos. Haqiqatni esa, Qurʼoni Karim bayon qiladi:

«Holbuki, uni oʻldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi».

Iyso alayhissalomga yahudiylar suiqasd qilganlarining qissasi maʼlum va mashhur. Bu qissani buyuk tafsirchilardan Ibn Kasir rahmatullohi alayhi quyidagicha rivoyat qiladilar:

«Alloh taolo Iyso ibn Maryamni ochiq-oydin alomatlar va hidoyat ila Paygʻambar qilib yuborganida, yahudiylar u zotga berilgan Paygʻambarlik va moʻʼjizalarga hasad qildilar. U kishi koʻr boʻlib tugʻilganlarni va peslarni davolar, oʻlikni Allohning izni ila tiriltirar, loydan qushning shaklini yasab, unga puflasalar, Allohning izni ila qush boʻlib uchib ketar edi. Shunga oʻxshash koʻpgina moʻʼjizalar bilan u kishini Alloh qoʻllab-quvvatlagan edi. Yahudiylar esa, u kishini yolgʻonchiga chiqardilar, xilof qildilar va imkoni boricha, u zotga ozor berishga oʻtdilar. Hattoki, Allohning Paygʻambari Iyso alayhissalom ular bor joyda turmaydigan boʻldilar. Koʻpincha onalari bilan birga sayohatda yurishga majbur boʻldilar. Yahudiylar bu bilan kifoyalanib qolmadilar, u zotni oʻsha davrdagi Damashqning podshohiga chaqdilar. Podshoh yulduzlarga sigʻinadigan mushriklar toifasidan edi. Uning millatiga «yunon» deb nom berilgan edi. Yahudiylar unga: «Baytul Maqdisda bir odam chiqib, kishilarni fitnaga solmoqda, adashtirmoqda va fuqarolarni podshohga qarshi qoʻymoqda», deb xabar yetkazdilar. Bundan podshohning gʻazabi chiqdi. Baytul Maqdisdagi noibiga mazkur odamdan ehtiyot boʻlish, uni osib, boshiga tikon qoʻyib, uning sharridan odamlarni saqlash farmonini berdi. Maktub Baytul Maqdisning voliysiga yetib kelganida, u farmonni bajarishga otlandi. Bir toifa yahudiylar bilan Iyso alayhissalom turgan joyga bordi. U kishi oʻzlariga yaqin kishilar bilan birga edilar. Ularning soni oʻn ikki-oʻn uch yoki oʻn yettita edi.

Bu voqea juma kunidan shanbaga oʻtar kechasi sodir boʻldi. Yahudiylar ularni qamalga oldilar. Yoki ular bosib kirishadi, yoki oʻzlari ularning oldiga chiqishlari kerak–bundan boshqa iloj qolmaganini anglab yetgan Iyso alayhissalom sheriklariga: «Kimingizga mening tusim oʻtsa, oʻsha odam jannatda men bilan birga boʻladi», dedilar.

Bu ishga bir yosh yigit tayyorligini bildirdi. Uni xiyol yosh sanadilar, yuqoridagi gapni ikkinchi, uchinchi bor takrorladilar. Har safar faqat haligi yigit oʻz tayyorligini bildirdi. Iyso alayhissalom: «Sen oʻshasan!» dedilar. Alloh taolo u yigitni Iyso alayhissalom tusiga kiritdi.

Tomning shiftidan bir tuynuk ochildi. Iyso alayhissalomni mudroq oldi. Shu holda osmonga koʻtarildilar. U zot koʻtarilganlaridan keyin, sheriklari tashqariga chiqdilar. Yahudiylar qorongʻuda haligi yigitni Iyso deb oʻylab, ushlab, osdilar va boshiga tikon qoʻydilar».

Ammo ishga bu bilan nuqta qoʻyilgani yoʻq. Asosiy ixtiloflar aynan ushbu voqeadan soʻng boshlandi. Taʼkidlanganidek, hodisa kechaning qorongʻusida, toʻs-toʻpolonning ichida boʻlib oʻtdi. Koʻp narsalar noaniq qoldi. Shuning uchun:

«Uning haqida ixtilof qilganlar uning oʻlimidan shak-shubhadadirlar».

Avvalo, hodisada ishtirok etganlarning oʻzlari ixtilofga tushdilar. «Agar oʻldirilgan Iyso boʻlsa, birga yurgan odam qani? Agar oʻldirilgan birga yurgan odam boʻlsa, Iyso qani?» dedilar bir- birlariga. Lekin, baribir, oʻlikni osib qoʻyib, biz Iysoni oʻldirdik deb, maqtanib yurishaverdi. Nasorolar boʻlsa, baʼzilari bu gapga ishondi, baʼzilari «Iyso oʻlgandan keyin koʻmildi. Ammo uch kundan keyin yana tirildi», deyishdi. Lekin hammalarining gapi ham asossiz gaplardir. Bu narsa oyatning soʻngida yana bir bor taʼkidlanadi:

«U toʻgʻrisida ularning bilimlari yoʻq, magar gumonga ergashadilar. Uni oʻldirmaganlari aniq».

Xoʻsh, oʻldirmaganlari aniq boʻlsa, unga nima boʻlgan, degan savolga kelasi oyatda javob keladi: