QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят34

وَلَقَدْ جَآءَكُمْ يُوسُفُ مِن قَبْلُ بِٱلْبَيِّنَـٰتِ فَمَا زِلْتُمْ فِى شَكٍّ مِّمَّا جَآءَكُم بِهِۦ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا هَلَكَ قُلْتُمْ لَن يَبْعَثَ ٱللَّهُ مِنۢ بَعْدِهِۦ رَسُولًا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ ٱللَّهُ مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ مُّرْتَابٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, bundan oldin Yusuf ochiq-oydin hujjatlar ila keldi. Bas, siz u o`zingizga keltirgan narsaga shak keltirib, turib oldingiz. Nihoyat, u vafot etgan paytda: «Alloh undan keyin Payg`ambar yubormas», dedingiz. Alloh shunday qilib, isrofchi va shubhachi bo`lgan kimsani zalolatga ketkazdi.Батаҳқиқ, бундан олдин Юсуф очиқ-ойдин ҳужжатлар ила келди. Бас, сиз у ўзингизга келтирган нарсага шак келтириб, туриб олдингиз. Ниҳоят, у вафот этган пайтда: «Аллоҳ ундан кейин Пайғамбар юбормас», дедингиз. Аллоҳ шундай қилиб, исрофчи ва шубҳачи бўлган кимсани залолатга кетказди.Alauddin Mansour: Darvoqeʼ, ilgari Yusuf sizlarga (oʻzining paygʻambar ekanligini isbotlaydigan) aniq hujjatlar keltirganida ham, u sizlarga keltirgan narsalardan shubha-gumon qilib turib olgan edinglar. To qachon u halok boʻlganida: «(Endi Yusufdan) soʻng Alloh hargiz paygʻambar yubormas», dedinglar. Haddan oshuvchi, shak keltiruvchi boʻlgan kimsalarni Alloh mana shunday yoʻldan ozdirib qoʻyar.Дарвоқеъ, илгари Юсуф сизларга (ўзининг пайғамбар эканлигини исботлайдиган) аниқ ҳужжатлар келтирганида ҳам, у сизларга келтирган нарсалардан шубҳа-гумон қилиб туриб олган эдинглар. То қачон у ҳалок бўлганида: «(Энди Юсуфдан) сўнг Аллоҳ ҳаргиз пайғамбар юбормас», дединглар. Ҳаддан ошувчи, шак келтирувчи бўлган кимсаларни Аллоҳ мана шундай йўлдан оздириб қўяр.

471-sahifa · 24-juz · 47-hizb471-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқجَآءَكُمْsizga keldiсизга келдиيُوسُفُYusufЮсуфمِن-dan-данقَبْلُbundan oldinбундан олдинبِٱلْبَيِّنَـٰتِochiq-oydin hujjatlar ilaочиқ-ойдин ҳужжатлар илаفَمَاbas, hamonбас, ҳамонزِلْتُمْturib oldingizтуриб олдингизفِى-da-даشَكٍّۢshakшакمِّمَّاnarsadanнарсаданجَآءَكُمu sizga keltirganу сизга келтирганبِهِۦ ۖuniуниحَتَّىٰٓnihoyatниҳоятإِذَاqachonkiқачонкиهَلَكَvafot etgan paytdaвафот этган пайтдаقُلْتُمْdedingizдедингизلَنhargiz emasҳаргиз эмасيَبْعَثَyuborurюборурٱللَّهُAllohАллоҳمِنۢ-dan-данبَعْدِهِۦundan keyinундан кейинرَسُولًۭا ۚPaygʻambarПайғамбарكَذَٰلِكَshunday qilibшундай қилибيُضِلُّzalolatga ketkazdiзалолатга кетказдиٱللَّهُAllohАллоҳمَنْkimsaniкимсаниهُوَuуمُسْرِفٌۭisrofchiисрофчиمُّرْتَابٌshubhachiшубҳачи
TafsirТафсир

Firʼavn ahlidan boʻlgan iymonli kishining tilidan aytilayotgan ushbu gaplarda barcha zamonlarda, barcha makonlarda va barcha jamiyatlardagi muxlis moʻminning oʻz qavmiga boʻlgan munosabati, oʻz qavmiga boʻlgan muhabbati va ular haqida tortajak qaygʻutashvishlari ifodasini topgan.

Muxlis moʻmin doimo qavmiga yaxshilikni ravo koʻradi va ularni yomonlikdan saqlash tashvishida boʻladi. Iymon keltirgan kishining oʻz qavmiga aytgan gaplarini yaxshilab oʻrganib chiqaylik.

«Ey qavmim, albatta, men sizga ham boshqa firqalar kuniga oʻxshash kun, Nuh qavmi, Od, Samud va ulardan keyingilar holiga oʻxshash hol boʻlishidan qoʻrqurman.»

Moʻmin kishi avvalgi kufr keltirgan qavmlar va firqalarning boshidan oʻtgan kunlarni, yogʻilgan musiybatlarni yaxshi biladi. Shuning uchun ham, u qavmini Alloh yuborgan Paygʻambarga kufr keltirayotganidan ogohlantirmoqda.

«Ey qavmim, albatta, men sizga ham boshqa firqalar kuniga oʻxshash kun...» boʻlishidan qoʻrqurman.

Oʻtgan kofir firqalarning boshiga tushgan kun bir xildir. Hammasi ham bir xil oqibat bilan tugagan. Hammalari halokatga uchragan. Moʻmin kishi qavmi boshiga ham ana shunday halokat tushib qolishidan qoʻrqadi.

«Nuh qavmi, Od, Samud va ulardan keyingilar holiga oʻxshash hol boʻlishidan qoʻrqurman.»

Nuh qavmi Paygʻambariga kufr keltirgani uchun toʻfon balosiga uchragan edi. Od qavmi Paygʻambariga kufr keltirgani uchun qattiq sovuq shamol halokatiga yoʻliqdi. Samud qavmi esa, Paygʻambariga kufr keltirgani uchun qattiq qichqiriq bilan halok qilindi. Ulardan keyin oʻtgan boshqa koʻpgina kofir qavmlar ham turli halokatlarga uchraganlar. Moʻmin kishi oʻz qavmining ham oʻsha qavmlarning holatiga tushib qolishidan qoʻrqadi.

«Alloh bandalarga zulmni iroda qilmas.»

Alloh taolo hech qachon bandalariga zulmni xohlamaydi. Ularga biror yomonlik yetishini istamaydi. Ammo bandalar kufrlari, gunohlari bilan oʻzlariga yomonlikni, azob-uqubatni, balo-ofatni chaqirib oladilar. Oʻzini yaratgan Xoliqqa kufr keltirgan nobakor bandalarni, kofir qavmlarni halok etish esa, aslo zulm emas, balki ayni adolatdir.

«Ey qavmim, albatta, men sizlarga nidolashuv kunidan qoʻrqurman.»

Yaʼni, qiyomat kunidan qoʻrqaman. U kunda jahannamga tushib, dod-voy solib, nido qilib qolishingizdan qoʻrqaman.

«U kunda ortga qarab qochursiz.»

Yaʼni, qiyomat kuni kofirlar jahannamga yaqinlashganlarida u yerdagi shovqinni eshitib, ortga qarab qochadilar. Lekin qayerga qochsalar ham, farishtalar ularni tutib kelib, dod-voylatib, jahannamga otadilar.

«Siz uchun Allohdan hech bir qutqarguvchi boʻlmas.»

Yaʼni, Allohning azobidan qutqarguvchi boʻlmas. Alloh taoloning Oʻzi azoblab turganida, kim ham qutqaruvchi boʻla olardi.

«Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, unga hech bir hidoyatchi boʻlmas.»

Faqat Alloh taolo hidoyat qiladi, Firʼavn emas. Shuning uchun, Firʼavning gapiga emas, Allohning Paygʻambariga ergashing.

«Batahqiq, bundan oldin Yusuf ochiq-oydin hujjatlar ila keldi.»

Qurʼoni Karimda «Yusuf» surasidan boshqa ikki oʻrinda Yusuf alayhissalomning zikrlari kelgan. Ularning bittasi mana shu oyatdir.

Firʼavn ahlidan boʻlgan, iymonini yashirib yuradigan moʻmin kishi qavmiga ota-bobolari Yusuf alayhissalom Paygʻambar boʻlib kelganlarida u zotga qanday muomala qilganlarini eslatmoqda. Garchi «Yusuf» surasida u zot alayhissalomning Misr podshohiga vazir boʻlib, xaziynaga oid ishlarni yuritganlari haqida soʻzlangan boʻlsa ham, bu surada ochiq-oydin hujjatlar bilan Paygʻambar boʻlib kelganliklariga eʼtibor qaratilmoqda.

«Bas, siz u oʻzingizga keltirgan narsaga shak keltirib, turib oldingiz.»

Ey qavmim, siz Yusuf alayhissalomning Paygʻambarligiga shubha qilib, iymon keltirmay turib oldingiz.

«Nihoyat, u vafot etgan paytda: «Alloh undan keyin Paygʻambar yubormas», dedingiz.»

Xullas, Yusuf vafot etganida: «Undan qutuldik, Alloh tomonidan Paygʻambar boʻlib keldim, deydigan odam endi boʻlmaydi», dedingiz.

«Alloh shunday qilib, isrofchi va shubhachi boʻlgan kimsani zalolatga ketkazdi.»

Alloh Yusuf haqida shubhada turib olgan oʻsha ota-bobolaringizni zalolatga ketkazgani kabi, har bir xususda isrofgar boʻlgan va dinda shubha qilganlarni ham zalolatga ketkazdi. Muso haqida isrofchi va shubhachi boʻlmang, yana, Alloh sizni ham zalolatga ketkazib qoʻymasin.

«Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan hujjat-dalilsiz talashib-tortishadiganlar Alloh tomonidan ham, iymon keltirganlar tomonidan ham qattiq gʻazabga qolurlar.»

Oʻzida hech qanday hujjati boʻlmay turib, Allohning oyatlariga qarshi talashib-tortishadigan kishilar Alloh tomonidan ham, moʻmin bandalar tomonidan ham qattiq gʻazabga duchor boʻladi. Siz ham, ey qavmim, shu ishni qilmoqdasiz, yana, mazkur gʻazabga duchor boʻlib qolmang.

«Alloh shunday qilib, har bir mutakabbir va zoʻravon qalbni muhrlar», dedi.»

Siz ham Allohning oyatlari haqida hujjat-dalilsiz talashib-tortishaversangiz, mutakabbir va zoʻravon qalbingizni Alloh muhrlab qoʻymasin, tagʻin.

Moʻmin kishining tashvishga toʻla bu gaplaridan keyin faqat taxti haqidagina oʻylaydigan podshohlar namoyandasi boʻlmish Firʼavn oʻzining jahannamiy rejasini davom ettirishda yana ham qatʼiyroq ish tutgani aytiladi: