QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят43

لَا جَرَمَ أَنَّمَا تَدْعُونَنِىٓ إِلَيْهِ لَيْسَ لَهُۥ دَعْوَةٌ فِى ٱلدُّنْيَا وَلَا فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ وَأَنَّ مَرَدَّنَآ إِلَى ٱللَّهِ وَأَنَّ ٱلْمُسْرِفِينَ هُمْ أَصْحَـٰبُ ٱلنَّارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hech shubha yo`qki, albatta, siz meni chaqirayotgan narsaning dunyoda ham, oxiratda ham da'vatga haqqi yo`qdir. Albatta, qaytib borarimiz Allohgadir. Albatta, isrofchilar, ayni o`shalar do`zax egalaridir.Ҳеч шубҳа йўқки, албатта, сиз мени чақираётган нарсанинг дунёда ҳам, охиратда ҳам даъватга ҳаққи йўқдир. Албатта, қайтиб бораримиз Аллоҳгадир. Албатта, исрофчилар, айни ўшалар дўзах эгаларидир.Alauddin Mansour: Shak-shubha yoʻqki, albatta sizlar meni (ibodat qilishga) chaqirayotgan butlaringiz (jonsiz narsalar boʻlgani sababli) na dunyoda va na Oxiratda (biron kimsani oʻzlariga ibodat qilish uchun) daʼvat qila olmas. Va albatta (barchalarimizning Allohga qaytishimiz bordir. Darhaqiqat, haddan oshuvchi kimsalargina doʻzax egalaridir.Шак-шубҳа йўқки, албатта сизлар мени (ибодат қилишга) чақираётган бутларингиз (жонсиз нарсалар бўлгани сабабли) на дунёда ва на Охиратда (бирон кимсани ўзларига ибодат қилиш учун) даъват қила олмас. Ва албатта (барчаларимизнинг Аллоҳга қайтишимиз бордир. Дарҳақиқат, ҳаддан ошувчи кимсаларгина дўзах эгаларидир.

472-sahifa · 24-juz · 48-hizb472-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَاyoʻqйўқجَرَمَshubha (hech shubhasiz)шубҳа (ҳеч шубҳасиз)أَنَّمَاalbatta, oʻsha narsaалбатта, ўша нарсаتَدْعُونَنِىٓsiz meni chaqirayotganсиз мени чақираётганإِلَيْهِungaунгаلَيْسَemasdirэмасдирلَهُۥuning uchunунинг учунدَعْوَةٌۭdaʼvatga haqqiдаъватга ҳаққиفِى-da-даٱلدُّنْيَاdunyoдунёوَلَاva emasва эмасفِى-da-даٱلْـَٔاخِرَةِoxiratохиратوَأَنَّva albattaва албаттаمَرَدَّنَآqaytib borarimizқайтиб бораримизإِلَى-gadir-гадирٱللَّهِAllohАллоҳوَأَنَّva albattaва албаттаٱلْمُسْرِفِينَisrofchilarисрофчиларهُمْayni oʻshalarайни ўшаларأَصْحَـٰبُegalaridirэгаларидирٱلنَّارِdoʻzaxдўзах
TafsirТафсир

Ushbu yetti oyatdagi tashvishga yoʻgʻrilgan gaplar har bir muxlis moʻminning oʻz xalqiga, millatiga, qavmiga boʻlgan mehri-muhabbati va xayrixohligidan kelib chiqadigan gaplardir. Eʼtibor qiladigan boʻlsak, moʻmin kishining gaplarida

«Ey qavmim» degan ibora koʻp takrorlanmoqda. Shuning oʻzi ham muxlis moʻmin insonning doimo qavmim, xalqim, millatim, deb kuyunishidan dalolat beradi. Aksincha, faqat oʻzini va taxtini oʻylaydigan, podshohligidan ayrilib qolmaslik uchun dinu diyonatdan, hatto Allohdan ham voz kechadigan Firʼavnning nutqida biror marta «Ey qavmim» soʻzi ishlatilgani yoʻq.

Endi, moʻmin kishining qavmiga qilgan nasihatlarini yaxshilab oʻrganaylik.

«Ey qavmim, menga ergashinglar, sizni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilurman.»

Moʻmin kishining bu gapi Firʼavnning yuqoridagi, men sizni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilaman, degan gapiga raddiya edi.

Muso alayhissalom haqida sizga ikki xil gap aytilmoqda. Firʼavn bir gapni aytmoqda, men boshqa bir gap aytmoqdaman. Bu ishda Firʼavnga ergashmanglar, u sizni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qila olmaydi. Balki menga ergashinglar. Men sizni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilaman, demoqchi.

Keyin esa, bu dunyo hayoti nimayu oxirat nima ekani haqidagi haqiqatni bayon qiladi.

«Ey qavmim, bu dunyo hayoti vaqtinchalik bir matoh, xolos.»

Bu besh kunlik dunyo hayoti vaqtinchalik matoh, xolos. Oxiratga tayyorlanish uchun berilgan vaqtinchalik fursat, xolos.

«Albatta, oxirat, oʻshaning oʻzi barqarorlik diyoridir.»

Haqiqiy barqarorlik, bardavomlik, haqiqiy rohat-farogʻat faqat oxiratdagina boʻladi. Shuning uchun, dunyoni emas, oxiratni koʻzlab ish qiling.

«Kim biror yomonlik qilsa, faqat oʻshanga yarasha jazo oladi, xolos.»

Yaʼni, har kim qilgan yomonligiga yarasha jazosini olishi turgan gap.

«Erkakdir, ayoldir, har kim moʻmin boʻlgan holida solih amal qilsa, bas, ana oʻshalar jannatga kirurlar, u yerda hisobsiz rizqlanurlar.»

Kim boʻlishidan qatʼinazar, har bir banda iymon keltirib, yaxshi amal qilsa, shu tufayli jannatga kiradi. Hamda jannatda behisob rizqga ega boʻladi. Demak, iymon bilan solih amal jannatga kirishning va unda behisob rizqlanishning asosiy omili ekan.

Bu bilan moʻmin kishi qavmiga: kufr keltirmang, yomonlik qilmang, iymonli boʻling, yaxshi amal qiling, demoqda.

«Ey qavmim, nechun men sizni najotga chaqirsam, siz meni doʻzaxga chaqirursiz?!»

Men sizni Allohga, Uning yuborgan Paygʻambariga iymon keltirib, najotga erishishga chorlasam, siz meni kufrga chaqirmoqdasiz, kufrga chaqirishingiz doʻzaxga chaqirishingizdir.

«Siz meni Allohga kufr keltirishimga va oʻzim bilmagan narsani Unga shirk keltirishimga chaqirmoqdasiz.»

Siz meni Allohni inkor etib, Unga ibodat qilmaslikka, xudoligini bilmaganim narsani Unga shirk keltirib, oʻshanga ibodat qilishimga chaqirmoqdasiz. Bu chaqirigʻingiz asossiz va foydasizdir.

«Holbuki, men sizni aziyzu oʻta magʻfiratli Zotga chaqirmoqdaman.»

Men sizni unga chaqirayotgan Zot aziyz–hammadan gʻolib, ustun zotdir. Bunda hech shak-shubha yoʻqdir. Men sizni unga chaqirayotgan Zot oʻta magʻfiratli zotdir. Banda qanchalik gunohkor boʻlsa ham, ixlos bilan tavba qilsa, albatta, uning tavbasini qabul qiladi. Siz ham fursatni qochirmay, tavba qilib qoling.

«Hech shubha yoʻqki, albatta, siz meni chaqirayotgan narsaning dunyoda ham, oxiratda ham daʼvatga haqqi yoʻqdir.»

Siz meni Allohni qoʻyib, soxta xudoga ibodat qilishga chaqirmoqdasiz. Ammo oʻsha soxta xudoning bu dunyoda ham, oxiratda ham daʼvatga haqqi yoʻq. «Daʼvat» soʻzi lugʻatda «chaqirish» maʼnosini bildirib, diniy istilohda duo, ibodat va dinga, ibodatga chaqirish maʼnolarini ifoda etadi.

Mushriklar daʼvo qilayotgan soxta xudolar kim va nima boʻlishidan qatʼinazar, bu dunyoda odamlarning duolari va ibodatlariga loyiq emaslar, haqlari yoʻq. Ularning oʻzlari odamlarni, menga duo va ibodat qilinglar, deb chaqirishga ham haqlari yoʻq.

Shuningdek, oxiratda ham oʻsha soxta xudolar duo qilishga, ulardan yordam soʻrashga haqdor emaslar.

«Albatta, qaytib borarimiz Allohgadir.»

Soxta xudolarga emas. Qiyomatda faqat Allohga qaytib borilganidan keyin, bu dunyoda ham, oxiratda ham daʼvatga haqli yagona Allohning Oʻzidir. Hamma bandalar faqat Allohga duo, iltijo, ibodat qilishlari va faqat Allohning Oʻzidangina yordam soʻrashlari lozim.

«Albatta, isrofchilar, ayni oʻshalar doʻzax egalaridir.»

Kufr ila isyon va tugʻyonda isrofchi boʻlganlarning erishadigan narsalari doʻzaxdir. Agar shu holingizda yuraveradigan boʻlsangiz:

«Hali, men sizga aytayotgan gaplarni eslaysizlar».

Bir vaqt keladiki, boshingizga ish tushganida, men sizga aytgan gaplarni eslaysiz. Ammo unda kech boʻladi.

«Men ishimni Allohning Oʻziga topshirdim.»

Hamma ishni hal qiluvchi U zotning Oʻzidir.

«Albatta, Alloh bandalarini aniq koʻrib turguvchidir.»

Sizni ham, meni ham aniq-ravshan koʻrib turibdi. Oʻzi adolat ila hukmni chiqaradi.

Shu bilan tortishuv tamom boʻldi. Moʻmin kishi oʻzining asrlar boʻyi yodda saqlanadigan gapini aytib tugatdi.

Qissaning nima oqibat bilan tugaganini Alloh taolo quyidagi oyatlarda bayon qiladi.