فَلَمْ يَكُ يَنفَعُهُمْ إِيمَـٰنُهُمْ لَمَّا رَأَوْا۟ بَأْسَنَا ۖ سُنَّتَ ٱللَّهِ ٱلَّتِى قَدْ خَلَتْ فِى عِبَادِهِۦ ۖ وَخَسِرَ هُنَالِكَ ٱلْكَـٰفِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizning azobimizni ko`rganlaridagi iymonlari ularga manfaat bera olmas edi. Allohning bandalariga joriy bo`lib kelgan sunnati shu. Ana o`shanda kofirlar ziyon ko`rdilar.Бизнинг азобимизни кўрганларидаги иймонлари уларга манфаат бера олмас эди. Аллоҳнинг бандаларига жорий бўлиб келган суннати шу. Ана ўшанда кофирлар зиён кўрдилар.Alauddin Mansour: (Lekin) Bizning azobimizni koʻrgan vaqtdagi iymonlari ularga foyda berguvchi boʻlmadi — (Bu) Allohning (barcha) bandalari haqidagi oʻtgan yoʻli — qonunidir (yaʼni, azob tushgan vaqtida keltirilgan iymonning foydasi boʻlmas). Va oʻshanda kofirlar ziyonkor boʻldilar.(Лекин) Бизнинг азобимизни кўрган вақтдаги иймонлари уларга фойда бергувчи бўлмади — (Бу) Аллоҳнинг (барча) бандалари ҳақидаги ўтган йўли — қонунидир (яъни, азоб тушган вақтида келтирилган иймоннинг фойдаси бўлмас). Ва ўшанда кофирлар зиёнкор бўлдилар.
Alloh taoloning joriy etgan sunnati–odati, qoidasi boʻyicha, chorasiz qoldiruvchi azobni koʻrgandan keyin qilingan tavba, keltirilgan iymon qabul etilmaydi. Shuning uchun, fursatning borida iymon keltirib, amal qilib qolish kerak.