QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят2

تَنزِيلٌ مِّنَ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: (Bu) Rohman va Rohiym tomonidan nozil qilingandir.(Бу) Роҳман ва Роҳийм томонидан нозил қилингандир.Alauddin Mansour: (Ushbu Qurʼon) mehribon va rahmli (Alloh) tomonidan nozil qilingandir.(Ушбу Қуръон) меҳрибон ва раҳмли (Аллоҳ) томонидан нозил қилингандир.

477-sahifa · 24-juz · 48-hizb477-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تَنزِيلٌۭnozil qilingandirнозил қилингандирمِّنَtomonidanтомониданٱلرَّحْمَـٰنِRohmanРоҳманٱلرَّحِيمِRahiymРаҳийм
TafsirТафсир

Alloh taoloning Rohman va Rohiym sifatlari haqida juda koʻp gapirildi. Bu yerda Alloh taolo Qurʼoni Karimni Oʻzining Rohman va Rohiym sifatlari ila nozil qilganini taʼkidlamoqda. Ha, Alloh taoloning insoniyatga Qurʼonni tushirishi bir rahmatdir. Alloh taolo bandalariga rahim qilganidan, ular ikki dunyo saodatiga erishish yoʻlini axtarib qiynalib yurmasinlar deb, Qurʼonni inson hayoti uchun bardavom dastur qilib tushirgandir.

Ushbu kitobning oyatlari Alloh taoloning rahmati tufayli, barcha odamlarga rahmat oʻlaroq nozil boʻlgandir. Bu Qurʼon unga ishonib, amal qilganlarni nafs balolariyu botil amallar yomonligidan, turli buzuq fikr va yoʻllardan saqlaydi. Barcha yaxshilik, ezgulik va omonliklarga boshlaydi.

Bu kitob: