QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят13

لِتَسْتَوُۥا۟ عَلَىٰ ظُهُورِهِۦ ثُمَّ تَذْكُرُوا۟ نِعْمَةَ رَبِّكُمْ إِذَا ٱسْتَوَيْتُمْ عَلَيْهِ وَتَقُولُوا۟ سُبْحَـٰنَ ٱلَّذِى سَخَّرَ لَنَا هَـٰذَا وَمَا كُنَّا لَهُۥ مُقْرِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Toki, siz ularning ustiga o`rnashgaysizlar, so`ngra, ularning ustiga o`rnashib olgach, Robbingiz ne'matini eslab: «Bizga buni bo`ysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik.Токи, сиз уларнинг устига ўрнашгайсизлар, сўнгра, уларнинг устига ўрнашиб олгач, Роббингиз неъматини эслаб: «Бизга буни бўйсундирган Зот покдир. Биз бунга қодир эмас эдик.Alauddin Mansour: Toki sizlar ularning ustiga oʻrnashgaysizlar, soʻngra unga oʻrnashib olgach, Parvardigoringizning neʼmatini eslab: «Bizlarga bu (kema yoki ot-ulov)ni boʻysundirib qoʻygan zot (yaʼni, Alloh barcha aybu-nuqsondan) pokdir. Bizlar oʻzimiz bunga qodir emas edik.Токи сизлар уларнинг устига ўрнашгайсизлар, сўнгра унга ўрнашиб олгач, Парвардигорингизнинг неъматини эслаб: «Бизларга бу (кема ёки от-улов)ни бўйсундириб қўйган зот (яъни, Аллоҳ барча айбу-нуқсондан) покдир. Бизлар ўзимиз бунга қодир эмас эдик.

490-sahifa · 25-juz · 49-hizb490-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِتَسْتَوُۥا۟toki oʻrnashgaysizlarтоки ўрнашгайсизларعَلَىٰustigaустигаظُهُورِهِۦularning ustlariуларнинг устлариثُمَّsoʻngraсўнграتَذْكُرُوا۟eslabэслабنِعْمَةَneʼmatiniнеъматиниرَبِّكُمْRobbingizРоббингизإِذَاqachonkiқачонкиٱسْتَوَيْتُمْoʻrnashib olgachўрнашиб олгачعَلَيْهِuning ustigaунинг устигаوَتَقُولُوا۟va aytgaysizва айтгайсизسُبْحَـٰنَpokdirпокдирٱلَّذِىu zotkiу зоткиسَخَّرَboʻysundirganбўйсундирганلَنَاbizgaбизгаهَـٰذَاbuniбуниوَمَاva emasва эмасكُنَّاbiz edikбиз эдикلَهُۥbungaбунгаمُقْرِنِينَqodirқодир
TafsirТафсир

Ilm taraqqiyoti borliqdagi Allohdan boshqa hamma narsa juft boʻlishini isbot etdi. Nafaqat inson va hayvonlar, balki nabototlar, jamodotlar, hatto, koʻzga koʻrinmas elektronlar ham (musbat-manfiy) juft boʻlishi kashf etildi. Bu esa, oʻz navbatida, doimiy ilohiy moʻʼjiza–Qurʼoni Karim moʻʼjizalarini tasdiqlashda yana bir qadam boʻldi. Ana shu kashfiyotdan keyin,

«U zot barcha juftlarni yaratgan...» jumlasini, Alloh dunyodagi barcha narsalarni yaratgan zotdir, deb tushunishimiz osonlashdi.

Ha, Alloh taolo borliqdagi barcha narsalarni, jumladan, kofirlarni ham yaratgan zotdir.

Alloh taolo borliqdagi narsalarni yaratibgina qoʻymagan. Balki sizga, ey insonlar, yana boshqa neʼmatlarni ham ato qilgan.

Insonlar bu oddiy haqiqatni anglab yetib, Allohga iymon keltirishlari kerak, xolos.

«...va sizga kemalar hamda chorva hayvonlaridan minadigan narsalaringizni qildi.»

Qadimgi zamonlardan beri odamlar ulov sifatida ushbu ikki xil naqliyot vositasidan foydalanib keladilar. Bu narsa Alloh taolo tomonidan berilgan ulkan neʼmat edi. Insofli, oʻzini bilgan inson oʻziga minish ulovini berib, xizmat qildirib qoʻygan Zotni doimo yaxshilik bilan eslab, Unga shukr etishi kerak. Neʼmatga shukr aytish shunday boʻladi. Alloh taolo mehribon, U zot bandalariga mazkur neʼmatga nisbatan shukr odobini ham Oʻzi oʻrgatib qoʻymoqda.

«Toki, siz ularning ustiga oʻrnashgaysizlar...»

Yaʼni, kemalarni, chorva hayvonlarini minib, ustiga oʻrnashgaysiz.

«...soʻngra, ularning ustiga oʻrnashib olgach, Robbingiz neʼmatini eslab: «Bizga buni boʻysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik. Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz», degaysiz».

Inson markabga minganda oʻzida allaqanday bir koʻtarinkilik, gʻurur va manmanlik paydo boʻlganini sezadi. Ana shunda, darhol, unga markab minish imkonini bergan zotni, yaʼni Alloh taoloni eslasa, Unga shukrona oʻlaroq ushbu oyatdagi duoni oʻqisa, hamma narsa oʻrniga tushadi.

«Bizga buni boʻysundirgan Zot pokdir.»

Yaʼni, bizga bu markabni bergan Alloh pokdir. Agar oʻsha pok Zot markabni bizga boʻysundirib bermaganida,

«Biz bunga qodir emas edik».

Bizda bunday markablarni boʻysundirib olish imkoni yoʻq. Bu ish bizning qoʻlimizdan kelmas edi.

«Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz», degaysiz.»

Hech qachon boshqaga qaytmaymiz. Shuning uchun, doimo Uni eslaymiz. Doimo Unga ibodat va shukr qilamiz.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon safarga chiqib ulovga minsalar, uch marta «Allohu akbar», deb takbir aytar va quyidagilarni oʻqir edilar: «Bizga buni boʻysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik. Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz».

Yo Alloh! Biz sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni, Oʻzing rozi boʻladigan amallarni soʻraymiz.

Yo Alloh! Oʻzing bizga bu safarimizni oson qilgin. Uning uzogʻini yaqin qilgin. Yo Alloh! Sening Oʻzing safardagi sohibsan. Ahli ayoldagi xalifasan.

Yo Alloh! Men sendan safar qiyinchiliklaridan, turli yomonliklardan, molu mulk va ahli ayolning yomonlikka yuz tutishidan panoh soʻrayman.

Har bir musulmon odam bunga amal qilmogʻi darkor.

Keyingi oyatlarda mushriklarning, farishtalar Allohning qizlaridir, degan buzuq aqiydalari muolaja qilinadi: