إِنْ هِىَ إِلَّا مَوْتَتُنَا ٱلْأُولَىٰ وَمَا نَحْنُ بِمُنشَرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Birinchi o`limimizdan boshqa hech qanday o`lim yo`q va biz qayta tiriltiriluvchi emasmiz.«Биринчи ўлимимиздан бошқа ҳеч қандай ўлим йўқ ва биз қайта тирилтирилувчи эмасмиз.Alauddin Mansour: («Oʻlim) faqat birinchi oʻlimimizdir va bizlar qayta tirilguvchi emasmiz.(«Ўлим) фақат биринчи ўлимимиздир ва бизлар қайта тирилгувчи эмасмиз.
Oyatdagi «anavilar»dan murod arab mushriklaridir. Ular oʻlgandan soʻng qayta tirilishni inkor etardilar. Shuning uchun ham:
«Birinchi oʻlimimizdan boshqa hech qanday oʻlim yoʻq», der edilar.
Yaʼni, bir marta oʻlamiz, ish bitadi. Shundan boshqa hech narsa yoʻq.
«...va biz qayta tiriltiriluvchi emasmiz», der edilar.
Ular bu gaplariga dalil qilib, oʻlgandan keyin qayta tirilish bor, deganlarga raddiya bildirib:
«Agar rostgoʻy boʻlsangiz, ota-bobolarimizni keltiringlar», der edilar.
Agar oʻlgan odam qayta tiriladi, degan gapingiz rost boʻlsa, ey Muhammad va ey, unga ergashganlar, oʻlib ketgan ota-bobolarimizni tiriltirib olib kelinglar-chi, koʻraylik, der edilar.
Tafsirchi ulamolarimiz taʼkidlashlaricha, Makka mushriklari shunga oʻxshash gaplarni aytishgan.
Ularning bu talabiga javob berishdan oldin oʻzlari kim ekanliklarini bir oʻylab koʻrish taklif etiladi. Bu mushriklar kim boʻlibdilarki, bunchalik haddlaridan oshadilar?!