QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ad-Dukhan surasi · Oyatсураси · Оят45

كَٱلْمُهْلِ يَغْلِى فِى ٱلْبُطُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, xuddi eritilgan ma'dandek, qorinlarda qaynar.У, худди эритилган маъдандек, қоринларда қайнар.Alauddin Mansour: (U taom) misoli qorinlarda qaynaydigan eritilgan (dogʻlangan) yogʻdir!(У таом) мисоли қоринларда қайнайдиган эритилган (доғланган) ёғдир!

498-sahifa · 25-juz · 50-hizb498-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَٱلْمُهْلِeritilgan maʼdandekэритилган маъдандекيَغْلِىqaynaydirқайнайдирفِى-da-даٱلْبُطُونِqorinlardaқоринларда
TafsirТафсир

Doʻzaxiylarning birgina shu jihatdan chekadigan azoblari ham ularning hollari naqadar ogʻir boʻlishini koʻrsatadi. Doʻzaxiylar qorinlari ochsa, nima yeyishadi? «Albatta, Zaqqum daraxti gunohkorning taomidir.» Ularga qorinlari ochganida taom uchun Zaqqum daraxtining mevasi beriladi. Zaqqum achchiqligi va zaharliligi bilan ogʻizlarda zarbulmasal boʻlib ketgan. Ana oʻsha zahar gunohkorlarga taom boʻladi. «U, xuddi eritilgan maʼdandek, qorinlarda qaynar.» Oʻsha zaqqum ularning qorinlarida eritilgan maʼdan, temir yoki misdek yoxud dogʻ qilinayotgan yogʻdek qaynab turadi. «Qaynoq suvning qaynashi kabi.» U, doʻzaxiylarning qorinlarida xuddi qaynoq suvdek qaynaydi. Soʻngra, doʻzaxga vakil qilingan zaboniya farishtalarga quyidagicha amr etiladi: