سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Allohga tasbih aytadi. U zot g`olib va hikmat egasidir.Осмонлару ердаги барча нарсалар Аллоҳга тасбиҳ айтади. У зот ғолиб ва ҳикмат эгасидир.Alauddin Mansour: Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohga tasbeh aytdi. U qudrat va hikmat Sohibidir.Осмонлардаги ва Ердаги бор нарса Аллоҳга тасбеҳ айтди. У қудрат ва ҳикмат Соҳибидир.
Alloh taoloni ayblardan pok hamda muqaddas deb zikr qilishga «tasbih aytish» deyiladi. Hadisi sharif va boshqa oyatlarda kelgan xabarlarga koʻra, dunyodagi har bir narsa oʻz usuli bilan tasbih aytadi, siz bilan biz ularning tasbihlarini tushunmaymiz, xolos.
Ikkinchi oyatda Alloh taolo ogʻizda bor-u, amalda yoʻqlarni malomat qiladi: