وَمَرْيَمَ ٱبْنَتَ عِمْرَٰنَ ٱلَّتِىٓ أَحْصَنَتْ فَرْجَهَا فَنَفَخْنَا فِيهِ مِن رُّوحِنَا وَصَدَّقَتْ بِكَلِمَـٰتِ رَبِّهَا وَكُتُبِهِۦ وَكَانَتْ مِنَ ٱلْقَـٰنِتِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Maryam Imron qizini (misol keltirdi), u farjini pok saqlagan edi, Biz unga O`z ruhimizdan pufladik va U Robbisining so`zlarini hamda kitoblarini tasdiq qildi va itoatkorlardan bo`ldi.Ва Марям Имрон қизини (мисол келтирди), у фаржини пок сақлаган эди, Биз унга Ўз руҳимиздан пуфладик ва У Роббисининг сўзларини ҳамда китобларини тасдиқ қилди ва итоаткорлардан бўлди.Alauddin Mansour: Yana (iymon keltirgan zotlar haqida) oʻz nomusini saqlagan ayolni — Maryam binti Imronni (misol keltirdi). Bas, Biz Oʻz tarafimizdan boʻlgan ruhni unga pufladik (va u Iysoga homilador boʻldi). U Parvardigorining soʻzlarini va kitoblarini tasdiq etdi hamda (Allohning amriga) itoat etguvchilardan boʻldi.Яна (иймон келтирган зотлар ҳақида) ўз номусини сақлаган аёлни — Марям бинти Имронни (мисол келтирди). Бас, Биз Ўз тарафимиздан бўлган руҳни унга пуфладик (ва у Ийсога ҳомиладор бўлди). У Парвардигорининг сўзларини ва китобларини тасдиқ этди ҳамда (Аллоҳнинг амрига) итоат этгувчилардан бўлди.
Bibi Maryam Imronning qizi Allohga sof eʼtiqodda boʻlganlar va oʻzlarini ham sof tutganlar. Yahudiylar tuhmat qilganlaridek, nopok boʻlmaganlar. Alloh taolo Jabroil farishta orqali oʻsha pok jasadga oʻz ruhidan «puf» deyishi bilan Iyso alayhissalomni ato qilgan. Bu qissalar boshqa suralarda batafsil kelgani uchun, biz bu yerda yana takrorlab oʻtirmaymiz, faqat shuni taʼkidlaymizki, u kishi Allohning soʻzlariga va kitoblariga iymon keltirganlar hamda itoatkor qavmlardan boʻlganlar. Moʻminlar Bibi Maryam hayotlaridan oʻrnak olishlari kerak.