قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِرَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Olamlarning Robbiga iymon keltirdik.«Оламларнинг Роббига иймон келтирдик.Alauddin Mansour: «Barcha olamlarning Parvardigoriga —«Барча оламларнинг Парвардигорига —
Ne boisdan sehrgarlar birinchi boʻlib iymon keltirdilar? Chunki, ular Muso alayhissalom keltirgan narsa sehr emas, haqiqiy ilohiy moʻʼjiza ekanini hammadan burun anglab yetdilar. Zotan, ular sehr nima ekanini yaxshi bilishar, oʻz ishining ustalari edilar. Ammo, nachora, magʻlub boʻldilar. Oddiy inson ularni magʻlub qila olmasligi maʼlum edi.
Sehrgarlarga haqiqat birinchi boʻlib yetib bordi. Vijdonlari uygʻondi va qalblarini iymon nuri yoritdi. Ular Allohga sajda qilish uchun oʻzlarini yerga tashladilar. Moʻmin boʻlganlarini eʼlon qilib:
«Olamlarning Robbiga, Muso va Horunning Robbiga iymon keltirdik», – dedilar».
Nogahon, shu damgacha oʻzini xalq uchun Robb, yaʼni tarbiyachi, yoʻlboshchi, boquvchi va hokim hisoblab yurgan: