QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят123

قَالَ فِرْعَوْنُ ءَامَنتُم بِهِۦ قَبْلَ أَنْ ءَاذَنَ لَكُمْ ۖ إِنَّ هَـٰذَا لَمَكْرٌ مَّكَرْتُمُوهُ فِى ٱلْمَدِينَةِ لِتُخْرِجُوا۟ مِنْهَآ أَهْلَهَا ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Fir'avn: «Men sizga izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Albatta, bu sizning shahardan uning ahlini chiqarish uchun qilgan makringizdir. Hali bilasiz.Фиръавн: «Мен сизга изн бермай туриб унга иймон келтирдингизми?! Албатта, бу сизнинг шаҳардан унинг аҳлини чиқариш учун қилган макрингиздир. Ҳали биласиз.Alauddin Mansour: Firʼavn aytdi: «Men izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Shubhasiz, bu (qilmishingiz) ushbu shahardan uning aholisini chiqarish uchun qilgan makringizdir. Endi yaqinda bilursiz;Фиръавн айтди: «Мен изн бермай туриб унга иймон келтирдингизми?! Шубҳасиз, бу (қилмишингиз) ушбу шаҳардан унинг аҳолисини чиқариш учун қилган макрингиздир. Энди яқинда билурсиз;

165-sahifa · 9-juz · 17-hizb165-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиفِرْعَوْنُFirʼavnФиръавнءَامَنتُمiymon keltirdingizmi?!иймон келтирдингизми?!بِهِۦungaунгаقَبْلَoldinолдинأَنْ-ki-киءَاذَنَmen izn berayмен изн берайلَكُمْ ۖsizgaсизгаإِنَّalbattaалбаттаهَـٰذَاbuбуلَمَكْرٌۭmakrdirмакрдирمَّكَرْتُمُوهُsizlar qilganсизлар қилганفِى-da-даٱلْمَدِينَةِshaharшаҳарلِتُخْرِجُوا۟chiqarishingiz uchunчиқаришингиз учунمِنْهَآundanунданأَهْلَهَا ۖuning ahliniунинг аҳлиниفَسَوْفَbas, haliбас, ҳалиتَعْلَمُونَbilasizбиласиз
TafsirТафсир

Bu ham barcha firʼavnlarga xos xususiyat. Ular oʻzlariga qul boʻlgan fuqarolarning hatto Allohga iymon keltirishni ham undan soʻrab, iltijolanib, ado etishlarini xohlaydilar. Biror ishni ularning iznisiz qilgan odam gunohkori azim boʻladi. Ushbu zikr qilinayotgan hodisaga nazar solaylik. Firʼavn, uning zodagonlari, sehrgarlar avval boshda Muso alayhissalomga ishonmay tuhmat qildilar. Bahslashuvdan keyin haqiqatni tushunib yetgan sehrgarlar Alloh taologa iymon keltirdilar. Oddiy mantiq boʻyicha boshqalar, jumladan, Firʼavn ham, hech boʻlmasa, nima uchun iymon keltirdingiz, deb soʻrashi lozim edi. Ammo, tugʻyonga ketgan podshoh bu ishni qila olmaydi. Uning tasarruflari oddiy mantiqqa ham toʻgʻri kelmaydi.

«Firʼavn: «Men sizga izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?!»–deb sehrgarlarga tahdid soldi.

Uning buzuq mantiqiga asosan birov Allohga iymon keltirmoqchi boʻlsa ham, avval undan izn soʻrashi kerak ekan. Tugʻyonga ketgan johil podshohlar dilga iymon nuri kirganda har bir inson Allohdan boshqani oʻylamay qoʻyishini yoqtirmaydilar. Bandalarning Allohga talpinishida podshohlar oʻzlariga qarshi suiqasdni koʻradilar. Shuning uchun, iymon va Islomga, dinu diyonatga uringanlarga:

«Albatta, bu sizning shahardan uning ahlini chiqarish uchun qilgan makringizdir»,–deydilar.

Bu bugungi kun istilohi bilan sharhlanganda «davlatni qoʻlga kiritish uchun urinishingizdir», degani. Tugʻyonga ketgan firʼavnlar quruq gap bilan kifoyalanib qolmaydilar. Ular darhol moʻminlarni jismonan yoʻq qilishga kirishadilar. Chunki, ular har bir haqiqiy moʻmin shaxsida oʻz mulklariga qarshi tahdid koʻradilar. Shuning uchun ham, Firʼavn oʻz soʻzi davomida moʻminlarga qarata:

«Hali bilasiz, albatta, oyoq-qoʻllaringizni qarama-qarshi tomonidan kesaman va hammangizni osaman», – dedi».

Yaʼni, avval oʻng qoʻl va chap oyogʻingizni yoki chap qoʻl va oʻng oyogʻingizni kesaman, soʻngra dorga osaman.

Butun dunyo va barcha davr firʼavnlarining moʻminlarga qarshi qoʻllaydigan uslubi shu: qadimda qoʻl-oyoqlarini kesib, osishgan; hozirda qamaydilar, azoblaydilar, otadilar, osadilar. Ammo, ularning bu usullari haqiqiy iymon nuri bilan charogʻon boʻlgan qalblarga zarracha qoʻrqinch sola olmaydi. Firʼavndan yuqoridagi zoʻravonlik va tahdidni eshitgan moʻminlar ham unga: