QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят206Sajda oyatiСажда ояти

إِنَّ ٱلَّذِينَ عِندَ رَبِّكَ لَا يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَيُسَبِّحُونَهُۥ وَلَهُۥ يَسْجُدُونَ ۩

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbing huzuridagilar, albatta, Uning ibodatidan mutakabbirlik qilmaslar, Uni poklab yod etadilar va Unga sajda qilarlar.Роббинг ҳузуридагилар, албатта, Унинг ибодатидан мутакаббирлик қилмаслар, Уни поклаб ёд этадилар ва Унга сажда қиларлар.Alauddin Mansour: Albatta, Parvardigoringizning huzuridagi zotlar (yaʼni, farishtalar) Unga ibodat qilishdan or qilmaydilar. Uni poklaydilar va Ungagina sajda qiladilar.Албатта, Парвардигорингизнинг ҳузуридаги зотлар (яъни, фаришталар) Унга ибодат қилишдан ор қилмайдилар. Уни поклайдилар ва Унгагина сажда қиладилар.

176-sahifa · 9-juz · 18-hizb176-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarўшаларعِندَhuzuridagiҳузуридагиرَبِّكَRobbingРоббингلَاemasэмасيَسْتَكْبِرُونَmutakabbirlik qiladilarмутакаббирлик қиладиларعَنْ-dan-данعِبَادَتِهِۦUning ibodatiУнинг ибодатиوَيُسَبِّحُونَهُۥva Uni poklab yod etarlarва Уни поклаб ёд этарларوَلَهُۥva Ungaва Унгаيَسْجُدُونَ ۩sajda qilarlarсажда қиларлар
TafsirТафсир

Allohga doimo ibodat qilish, Uning ibodatidan shaytoniy kibr ila bosh tortmaslik farishtalar amali. Farishtalar doimo Allohga tasbeh aytadilar, Unga sajda qiladilar. Inson ham ushbu ishlarni oʻziga lozim tutsa, farishtalardan ham yuksak maqomga erishadi.

Ushbu oyati karima Qurʼondagi birinchi sajda oyati hisoblanadi. Maʼlumki, oʻn toʻrt surada sajda oyatlari kelgan. Donish ahli bu oyatlarni yaxshi biladilar. Har bir Qurʼon kitobida bu oyati karimalarga alohida belgilar qoʻyilgan. Ushbu sajda oyatlarini oʻqigan yoxud eshitgan shaxslarga tilovat sajdasi vojib boʻladi. Shuningdek, imom namozda tilovat qilsa ham, sajda lozim boʻladi. Agar bir sajda oyati bir oʻrinda bir necha marta tilovat qilinsa, tilovat sajdasi bir karra joizdir. Ammo, bir necha oʻrinda tilovat qilinsa, uning soniga muvofiq sajda qilinadi. Tilovat sajdasida: «Allohu akbar» deb bir marta sajda qilinadi. Soʻng, duosi oʻqiladi. Mazkur sajda oyatlarida Allohni ulugʻlash, Unga sajda qilish maʼnolari boʻlganidan, ularni oʻqigan yoki eshitgan musulmonlarga sajda qilish vojib boʻlgandir.