وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ أَتَأْتُونَ ٱلْفَـٰحِشَةَ مَا سَبَقَكُم بِهَا مِنْ أَحَدٍ مِّنَ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Lutni (yubordik). Uning o`z qavmiga: «Sizdan oldin olamlarda hech kim qilmagan fohisha ishni qilasizlarmi?!Ва Лутни (юбордик). Унинг ўз қавмига: «Сиздан олдин оламларда ҳеч ким қилмаган фоҳиша ишни қиласизларми?!Alauddin Mansour: Lut (paygʻambar) oʻz qavmiga: «Shunday buzuqlik qilasizlarmi? Axir sizlardan ilgari butun olamlardan biron kimsa bunday qilmagan edi-ku?!Лут (пайғамбар) ўз қавмига: «Шундай бузуқлик қиласизларми? Ахир сизлардан илгари бутун оламлардан бирон кимса бундай қилмаган эди-ку?!
Ibrohim alayhissalomning akalarining oʻgʻli boʻlmish Lut alay- hissalom Iroqning Basra viloyatida Kaldoniylar yurtida tavallud topdilar. Otalari vafotidan keyin amakilari Ibrohim alayhissalom bilan Kanʼon yurtiga safar qildilar. Ibrohim alayhissalom u kishini soʻlim yaylovlari bor joylarga, Urdun daryosining sharqiga joylashtirdilar. Shunday qilib, Alloh izni bilan ular Oʻlik dengiz oʻrnidagi Sadum nomli shahar va uning atrofidagi aholi yashaydigan joylarda istiqomat qildilar va oʻsha yerlar aholisiga Paygʻambar etib yuborildilar. Oʻtgan qissalar mazmunidan Paygʻambarlar oʻz ummatlariga bir xil daʼvat ila kelganini va qavmlar esa, ularni turli hiyla va bahonalar ila inkor qilganlarini bilib olgan edik. Lut alayhissalom qissalarida, u zot dafʼatan oʻz qavmlarining ulkan qabih ishlari–bachchabozliklarini qoralashga boshlaydilar. Paygʻambar:
«...oʻz qavmiga: «Sizdan oldin olamlarda hech kim qilmagan fohisha ishni qilasizlarmi?!»–demoqdalar.
Darhaqiqat, ular qilayotgan fohisha ishni, umuman, biror-bir olamda odam zoti qilmagan edi. Ular, umuman, insonlik, jonzotlik tabiatiga zid ishni qilishni hammadan burun boshlagan edilar. Bu holni Lut alayhissalom:
«Albatta, sizlar ayollarni qoʻyib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilmoqdasizlar», deb taʼriflamoqdalar.
Alloh taolo insonni erkak va ayol jinsida yaratdi. Har biriga oʻziga xos aʼzolar va xususiyatlar berdi. Jumladan, inson naslini bardavom etish uchun har birini oʻziga xos tanosul aʼzolari bilan yaratdi. Inson naslini erkak va ayolning qoʻshilishi natijasida paydo boʻladigan qildi. Bu qoʻshilishdan ikkovlari ham tabiiy lazzat oladigan boʻldilar. Buning uchun ularda zarur aʼzolar–histuygʻu, hujayralar va shu kabi anvoyi moddalarni xalq qildi. Ushbu qoʻshilishdan hosil boʻladigan lazzat va ragʻbatga nisbatan boʻlgan qiziqishni farzandning gʻoyat qattiq azob bilan tugʻilishi, uning tarbiyasi kabi mashaqqatlarni ham unutadigan darajada qudratli ayladi. Alloh taolo inson zotining jinsiy yaqinlik yoʻli bilan, yaʼni nikohlangan erkak va ayolning qoʻshilishi orqali pokiza yoʻl bilan koʻpayib turishini iroda qildi va hayotiy zaruratga aylantirdi. Bu yoʻldan tajovuz qilganlar va Alloh irodasiga zid borib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qiladiganlar aqiydasi buzuq va tuban kishilar hisoblanadilar. Shu boisdan, mazkur qissada xuddi shu fohishalik bosh masala qilib koʻtariladi. Binobarin, Lut alay- hissalom bu yorugʻ olamda hech bir zot qilmagan ulkan gunohga birinchi boʻlib qoʻl urgan qavmlarini:
«Yoʻq! Sizlar isrofchi qavmsiz!»–deb taʼriflamoqdalar.
Xoʻsh, bu pastkash qavm oʻz Paygʻambarining bu gapiga nima deb javob qildi?