QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Muddaththir surasi · Oyatсураси · Оят25

إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا قَوْلُ ٱلْبَشَرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu bashar so`zidan o`zga hech narsa emas», dedi.Бу башар сўзидан ўзга ҳеч нарса эмас», деди.Alauddin Mansour: Bu faqat basharning soʻzidir», dedi.Бу фақат башарнинг сўзидир», деди.

576-sahifa · 29-juz · 58-hizb576-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنْemasэмасهَـٰذَآbuбуإِلَّاfaqat (oʻzga emas)фақат (ўзга эмас)قَوْلُsoʻzi(dan)сўзи(дан)ٱلْبَشَرِbashar(ning)башар(нинг)
TafsirТафсир

Yaʼni, bu eskilardan naql qilinib kelinayotgan sehr, shuning uchun odamlarga bir oz taʼsir qilmoqda. Boʻlmasa, aslida, oʻzi odamning oddiy soʻzidan boshqa narsa emas, dedi.

Kofirlarning holi shu. Oʻzi yolgʻiz qolganda Allohga, Qurʼonga, Paygʻambarga iymon keltirgisi kelsa ham, koʻpchilik shaytonlarga qoʻshilganda, siyosatdan qoʻrqib, oʻzini dindan olib qochadi. Valid ibn Mugʻiyraga oʻxshab oʻzi taʼsirlanib, ichidan qiziqib, yonib tursa ham, koʻpchilik nima deydi, deb urinib-berilib dinga qarshi yolgʻon gap toʻqishga oʻtadi.

Valid ibn Mugʻiyra ham Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan Qurʼon tilovati eshitgandan keyin koʻngli erib, oʻz qavmi Bani Maxzum qabilasiga borib: «Allohga qasamki, men hozirgina Muhammaddan bir kalom eshitdim, u basharning kalomi emas... bu kalomning oʻzgacha halovati bor, bu kalomning oʻzgacha taʼsiri bor, albatta, uning usti samarali, osti barakali, albatta, u ustun keladi, va hech narsa ustun boʻla olmaydi», degan edi.

Lekin, odamlarning gap-soʻzlari, Abu Jahlning igʻvosidan keyin, tamomila teskari boʻlib oldi. U oʻz fikriga qarshi, ammo qavmiga yoqadigan gaplarni gapirdi. Zalolatga ketgan qavm ham hozirgina boshqacha gap aytayotgan eding, endi nima uchun teskarisini aytmoqdasan, demasdan yolgʻon, boʻhton gapni bilib turib qabul etdi. Kofir qavm va shaxslarning holi doimo shundoq.

Soʻng, Alloh taolo qiyomatda bu mushrikka qandoq muomala qilishini aytadi: