QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Muddaththir surasi · Oyatсураси · Оят34

وَٱلصُّبْحِ إِذَآ أَسْفَرَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va yorishayotgan tong bilan qasam.Ва ёришаётган тонг билан қасам.Alauddin Mansour: Yorishib kelayotgan tongga qasamki,Ёришиб келаётган тонгга қасамки,

576-sahifa · 29-juz · 58-hizb576-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلصُّبْحِva tong bilan qasamва тонг билан қасамإِذَآqachonkiқачонкиأَسْفَرَyorishsaёришса
TafsirТафсир

Mashhur mufassirlardan Abu Hayyon rahmatullohi alayhi yuqoridagi oyatlar toʻgʻrisida quyidagilarni yozganlar: «Alloh taolo ushbu narsalar ila ularni sharaflash uchun va ularda zohir boʻladigan ajoyibotlar Allohning qudratidan ekanligiga va ularni yaratish Oʻzi tarafidan ekanligiga ishora qilish uchun qasam ichdi.

Jahannam mislsiz ulkan azob ekanligini tasdiqlash, taʼkidlash uchun qasam ichdi.

Ushbu oyatlarda quyosh bilan oy Alloh taoloning maxluqlari ekaniga, ikkovlari oʻz harakatlari, kelishlari, ketishlari, ular tufayli kechasi va kunduzi boʻlishi bilan Alloh taoloning amriga boʻysunishlariga ishora bor. Ikkovlari Allohga sajda qilurlar. Bas, shundoq ekan, nega odamlar quyosh bilan oyga ibodat qilishadi? Ularning Xoliqi Alloh taologa ibodat qilishmaydi?!