QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mursalat surasi · Oyatсураси · Оят25

أَلَمْ نَجْعَلِ ٱلْأَرْضَ كِفَاتًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yerni o`ziga tortuvchi qilib qo`ymadikmi?!Ерни ўзига тортувчи қилиб қўймадикми?!Alauddin Mansour: Axir Biz Yerni yigʻguvchi qilib qoʻymadikmi?!Ахир Биз Ерни йиғгувчи қилиб қўймадикми?!

581-sahifa · 29-juz · 58-hizb581-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиنَجْعَلِBiz qildikБиз қилдикٱلْأَرْضَyerniерниكِفَاتًاoʻziga tortuvchiўзига тортувчи
TafsirТафсир

Yaʼni, yer ustida yurgan tiriklarni ham oʻziga tortadi, oʻliklarni ham.

Mana shu oyatning oʻziyoq Alloh taoloning buyuk qudrat va moʻʼjiza sohibi ekanligiga ishoradir. Chunki, Alloh subhanahu va taolo oʻn sakkiz ming olamni yaratgandayoq har birini oʻziga xos xususiyat bilan bino qilgan edi. Uning qudratining bir uchquni boʻlgan, siz bilan biz rizq-roʻz terib yashayotgan zaminimizni olaylik. Yerni dumaloq qilib yaratdi, togʻlarni uning ustiga bino qilib, yer muvozanatini bosib turuvchi qoziq qilib qoʻydi. Va nihoyat, yerni tortish kuchiga ega qildi. Toki undagi mavjudotlar unda muqim oʻrnashsin, u aylanganda toʻkilib, sochilib ketmasin deb. Hozirgina siz oʻqigan oyatlardagi buyuk bir bashoratni insoniyat endigina kashf etdi. Yaʼni, yer oʻz oʻqi atrofida aylanadi, tortishish kuchiga ega va hokazo.

«Tiriklarni va oʻliklarni» oyatiga ham endi ortiqcha sharh lozim boʻlmasa kerak. Chunki, har bir ongli kitobxon yaxshi biladiki, tirik mavjudotlaru insonlar yerning tortish kuchi tufayli uning qobigʻidan boshqa sayyoraga chiqib ketmaydi. Yoki inson oʻlgach, albatta tuproqqa qoʻyiladi va hokazo...