QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mutaffifin surasi · Oyatсураси · Оят25

يُسْقَوْنَ مِن رَّحِيقٍ مَّخْتُومٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular muhrlangan, nihoyatda pok sharobdan ichurlar.Улар муҳрланган, ниҳоятда пок шаробдан ичурлар.Alauddin Mansour: Ular (jannatda) muhrlangan maydan sugʻorilurlarki,Улар (жаннатда) муҳрланган майдан суғорилурларки,

588-sahifa · 30-juz · 59-hizb588-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يُسْقَوْنَichirilurlarичирилурларمِن-dan-данرَّحِيقٍۢnihoyatda pok sharobниҳоятда пок шаробمَّخْتُومٍmuhrlanganмуҳрланган
TafsirТафсир

Ahli jannat rohat-farogʻatlarining oliy nuqtalaridan biri jannat sharobi ichish ila boʻladi. Mazkur sharob–«rohiyq» oʻta pok, hech narsa aralashmagan boʻladi. Fujjorlar bu dunyoda ichgan har turli harom-harish va iflos narsalar aralashgan boʻlmaydi. Jannat sharobi muhrlangan boʻladi. Uning muhrini faqat ichadigan jannatiyning oʻzigina ochadi. Bu dunyodagi fujjorlarning sharobiga oʻxshab, turli narsalar ichiga tushib qolishi, birovlardan ortib qolgan boʻlishi mumkin emas. Buning ustiga:

«U(sharob)ning xotimasi miskdandir».

Uni ichib tugatilishi bilan hammayoqni misku anbar(mushku anbar) hidi tutib ketadi. Bu dunyoda fojirlar xamrni ichib tugatganda oʻta achchiq taʼm va noxush hid chiqqanga aslo oʻxshamaydi.

«Va shu narsa uchun musobaqa qiluvchilar musobaqa qilsinlar.»

Ha, oxiratda jannat degan joyda ana shundoq nozu neʼmatlar, rohatlar mavjud. Bandalar oʻsha narsalarga erishish uchun musobaqa qilishlari lozim. Buning uchun esa, iymon keltirib, ibodat va solih amallar qilish kerak.

Bu dunyoda odamlar turli narsalarda bir-biridan oʻtish uchun musobaqa qilishadi, kim oʻzarga urinishadi. Aslida esa, yuqorida zikr qilingan oliy maqomga erishish uchun musobaqa qilish lozimdir.

Ushbu kelgusi ikki oyatda abror bandalar jannatda ichadigan sharobning vasfi davom etadi.