لَا يَرْقُبُونَ فِى مُؤْمِنٍ إِلًّا وَلَا ذِمَّةً ۚ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُعْتَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular mo`min haqida na ahdga va na burchga rioya qilmaslar. Ana o`shalar, o`zlari tajovuzkorlardir.Улар мўмин ҳақида на аҳдга ва на бурчга риоя қилмаслар. Ана ўшалар, ўзлари тажовузкорлардир.Alauddin Mansour: Ular biron moʻmin xususida na ahdga va na burchga boqadilar. Ular tajovuzkor kimsalardir.Улар бирон мўмин хусусида на аҳдга ва на бурчга боқадилар. Улар тажовузкор кимсалардир.
Ular boshqalarga nisbatan ahdga va burchga rioya qilishlari mumkin. Ammo moʻminga kelganda:
«...na ahdga va na burchga rioya qilmaslar».
Chunki, ularning qalbida iymonga va ahli iymonga dushmanlik ruhi singib ketgan.
Shuning uchun, iymonga taalluqli har qanday gapni eshitsalar, sakrab tushadilar. Qayerda moʻminni uchratsalar, dushmanlik qiladilar. Avvalda berilgan ahd, olingan burchga ham rioya qilmaydilar.
«Ana oʻshalar, oʻzlari tajovuzkorlardir».
Bundan ortiq tajovuzkorlik boʻlishi mumkin emas. Lekin shunday boʻlsa ham, vaqti kelganda, moʻmin kishi ularni kechiradi, oʻziga birodar qilib oladi.