لَـٰكِنِ ٱلرَّسُولُ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ جَـٰهَدُوا۟ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ ۚ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلْخَيْرَٰتُ ۖ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Lekin Payg`ambar va u bilan birga iymon keltirganlar mollari va jonlari bilan jiddu jahd qildilar. Ana o`shalarga, o`zlariga yaxshiliklar bo`ladir. Ana o`shalar, o`zlari najot topguvchilardir.Лекин Пайғамбар ва у билан бирга иймон келтирганлар моллари ва жонлари билан жидду жаҳд қилдилар. Ана ўшаларга, ўзларига яхшиликлар бўладир. Ана ўшалар, ўзлари нажот топгувчилардир.Alauddin Mansour: Lekin Paygʻambar va u bilan birga boʻlgan, iymon keltirgan zotlar molu jonlari bilan kurashdilar. Barcha yaxshiliklar ana oʻshalar uchundir. Najot topguvchilar ham ularning oʻzidir.Лекин Пайғамбар ва у билан бирга бўлган, иймон келтирган зотлар молу жонлари билан курашдилар. Барча яхшиликлар ана ўшалар учундир. Нажот топгувчилар ҳам уларнинг ўзидир.
Bular munofiqlarga oʻxshab molu dunyoga berilib, uning ketib qolishidan qoʻrqib, baxillik qilmadilar. Topganlarini Allohning yoʻlidagi jihodga sarfladilar. Ular, munofiqlarga oʻxshab, jonlari shirin koʻrinib, qoʻrqib, urushdan qochib, xotin-xalaj orasiga kirib oʻtirib olmadilar. Ular Allohning roziligi uchun, Uning yoʻlida shahid boʻlishni orzu etib jihod qildilar. Shuning uchun, ularga barcha yaxshiliklar beriladi. Shuning uchun, ular najot topadilar. Oxiratda esa: