QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Balad surasi · Oyatсураси · Оят20

عَلَيْهِمْ نَارٌ مُّؤْصَدَةٌۢ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni chiqib bo`lmaydigan o`t-olov o`rab olgandir.Уларни чиқиб бўлмайдиган ўт-олов ўраб олгандир.Alauddin Mansour: Ularning ustida qoplanib qolguvchi olov-doʻzax boʻlur!Уларнинг устида қопланиб қолгувчи олов-дўзах бўлур!

595-sahifa · 30-juz · 60-hizb595-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
عَلَيْهِمْularning ustidaуларнинг устидаنَارٌۭoʻt-olov (bordir)ўт-олов (бордир)مُّؤْصَدَةٌۢoʻrab olgandir (yopiq)ўраб олгандир (ёпиқ)
TafsirТафсир

Alloh taologa, Uning Paygʻambariga va kitobiga kufr keltirganlar qiyomat kuni chap tomon egalari boʻladilar, nomai aʼmollarini chap tomonlaridan oladilar va chap tomonga joylashgan jahannamga ravona boʻladilar. Ular jahannamga kirishlari bilan undan chiqib boʻlmaydigan olov-oʻt bilan oʻraladilar, unda abadiy ravishda kuyib, azob tortaveradilar.

Bu joyda faqat Qurʼoni Karimga mos boʻlgan targʻib va tahdidni bir-biriga qoʻshib ishlatish uslubi yaqqol namoyon boʻlmoqda. Moʻmin-musulmonlarning oxiratdagi hollari zikr qilib boʻlinishi bilan kofir va osiylarning holi ham zikr qilinmoqda. Jannat vasfi ortidan doʻzax vasfi keltirilmoqda.