QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Balad surasi · Oyatсураси · Оят9

وَلِسَانًا وَشَفَتَيْنِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va tilni va ikki labni bermadikmi?Ва тилни ва икки лабни бермадикми?Alauddin Mansour: til va ikki lab (ato) qilmadikmi?!тил ва икки лаб (ато) қилмадикми?!

594-sahifa · 30-juz · 60-hizb594-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِسَانًۭاva tilniва тилниوَشَفَتَيْنِva ikki labniва икки лабни
TafsirТафсир

Ushbu uch oyat tafsirida ulamolarimiz quyidagi hadisi qudsiyni keltiradilar: «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam debdurlar: «Alloh taolo aytadi: «Ey, Odam bolasi! Men senga sanogʻiga yetmaydigan va shukriga toqating kelmaydigan ulkan neʼmatlarni berdim. Senga bergan neʼmatlarimdan biri–koʻrish uchun ikki koʻzni berganim, shu bilan birga, ikkovini yopadigan qovoq ham berdim. Ikki koʻzing bilan men halol qilgan narsalarni koʻr. Agar men harom qilgan narsalarga koʻzing tushib qolsa, pardasini, qovoqlaringni yop. Men senga til berdim va unga gʻilof ham qilib qoʻydim. Men amr qilgan va halol qilgan narsalarni gapir. Agar men harom qilgan narsalar oriz boʻlsa, tilingni tiy. Men senga jinsiy aʼzo berdim va uni saqlash yoʻlini ham berdim. Bu aʼzoni halolga ishlat. Agar harom narsa oriz boʻlsa, saqlan. Ey, Odam bolasi! Mening azobimga chidamaysan va mening oʻch olishimga toqat qila olmaysan».

Bu oyatlarda Alloh taolo Oʻz bandasiga bergan baʼzi neʼmatlarini zikr qiladi. Jumladan, ikki koʻz. Bu eng ulkan neʼmatlardan boʻlib, juda ham daqiq narsalardir. Ular bilan dunyoni koʻrib inson hayotini rohatda oʻtkazadi, goʻzalliklarni koʻrib lazzatlanadi. Bunday ulkan neʼmatni faqat Alloh taolo beradi, xolos. Boshqa hech kim qodir emas. Koʻzning tuzilishini, uning koʻrish jarayonini yaxshi tushungan shaxs Alloh taologa sigʻinmay iloji yoʻq. Demak, bu koʻzni bergan Alloh taoloning yoʻlida yurish, bu koʻzlar bilan halolni koʻrish, haromdan qochish kerak boʻladi. Shundagina inson koʻz neʼmatining shukrini keltirgan boʻladi.

Shuningdek, ikki lab va til ham boshqa aʼzolar kabi, Alloh taoloning ulkan neʼmatidir. Tilning inson hayotidagi ahamiyati hammaga maʼlum. Kim insonga bu neʼmatni berishi mumkin? Hech kim! Agar tilga bogʻliq biror tomir lat yeb qolsa, butun dunyo birlashib harakat qilsa ham, foyda bera olmay qoladi. Ikki labning xizmatini, ularni Alloh taolo barcha qulayliklarga moslab qoʻyganini, agar ular boʻlmasa yoki biroz boshqacha boʻlib qolsa, qanchalik noqulayliklar kelib chiqishini tasavvur qilib koʻrgan odam bu neʼmatlar uchun Alloh taologa shukr aytishdan oʻzga iloji qolmaydi. Demak, bu neʼmatlarning ham qadriga yetib, ularni bergan Egasiga toat-ibodat qilib, boʻysunib, aytganidan chiqmay yurish lozim.

Alloh taoloning eng ulugʻ neʼmati–insonga yaxshi-yomonni, oqu qorani, savob-gunohni ajratish xususiyatini berib qoʻygani hamda yaxshilik yoʻlini va u qayoqqa olib borishini, yomonlik yoʻlini va u qayoqqa olib borishini koʻrsatib qoʻyganidir. Demak, inson yomonlik yoʻlini tark etib, doimo yaxshilik yoʻlida yurib, havoyi nafsga erk bermay, toʻgʻri yoʻldan qiyinchiliklarni yengib bormogʻi lozim. Ammo inson har xil boʻladi. Baʼzilari yaxshilik yoʻlidagi toʻsiqlarni yengib oʻtishda dangasalik qiladi, balki yaxshilikni qiyinchilik, deb oʻylaydi. Shunday insonlar haqida kelgusi oyatlarda soʻz ketadi.