Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Islom ilmlarini oʻzbek tilida — ishonchli manbalar asosida, har bir iqtibos koʻrsatilgan holda.
العلماء ورثة الأنبياء
Olimlar — Payg'ambarlarning vorislari
— HADIS · ABU DOVUD, TERMIZIY
Nima uchun bu arxiv qurilmoqda
Islom ilmlarini O'zbek tilida ishonchli, tartibli va zamonaviy shaklda taqdim etish. Qadimiy ulamolarning asarlarini va zamonaviy darslarni bir joyga to'plab, kelajak avlodga yetkazish — bizning asosiy maqsadimiz.
Arxivning kelib chiqishi va tamoyillari
Alloh taologa hamdu sanolar, Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar boʻlsin.
Movarounnahr zamini bir zamonlar butun musulmon olamining ilm chirogʻi edi. Aynan shu tuproqda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va yuzlab buyuk muhaddisu faqihlar voyaga yetdi. Biroq oʻtgan asrdagi dahriylik siyosati — masjidlarning yopilishi, ulamolarning qatagʻon qilinishi va ketma-ket avlodlarning dindan uzoqlashtirilishi — bu nurli oʻlkani asta-sekin oʻz ilmiy merosidan begonalashtirdi.
Bugun dunyo boʻylab oʻzbek tilida soʻzlashuvchi musulmonlar millionlab. Dunyoviy sohalardagi bilimsizlik xalqni ortda qoldirsa, diniy bilimsizlik uning eng qimmatli boyligi — iymoni va oxiratiga zarar yetkazadi. Insonlarning eʼtiqod, ibodat, oila, kasb-kor va turmushga oid savollari koʻp; ularga dalilga tayangan, ishonchli javobni ona tilida topish esa hamon oson emas.
«Warathatul Anbiya» ana shu ehtiyojdan tugʻildi. Maqsadimiz — islom ilmlarini turli yoʻnalishlar boʻyicha yagona maskanga jamlab, sahih manbalar asosida, tartibli va zamonaviy koʻrinishda oʻzbek tilida yetkazishdir. Loyiha nomi Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan «Olimlar — paygʻambarlarning vorislaridir» hadisidan olingan; zero, ilmni asrash, tarjima qilish va keyingi avlodlarga topshirish — aslida oʻsha nabaviy merosni davom ettirishning oʻzginasidir.
إِنَّ اللَّهَ لاَ يَقْبِضُ الْعِلْمَ انْتِزَاعًا يَنْتَزِعُهُ مِنَ الْعِبَادِ، وَلَكِنْ يَقْبِضُ الْعِلْمَ بِقَبْضِ الْعُلَمَاءِ، حَتَّى إِذَا لَمْ يُبْقِ عَالِمًا اتَّخَذَ النَّاسُ رُءُوسًا جُهَّالاً فَسُئِلُوا فَأَفْتَوْا بِغَيْرِ عِلْمٍ، فَضَلُّوا وَأَضَلُّوا
«Alloh ilmni bandalaridan birdaniga tortib olmaydi, balki uni ulamolarning jonini olish orqali olib qoʻyadi. Nihoyat, birorta olimni qoldirmagach, odamlar johillarni boshliq qilib olishadi. Keyin (odamlar) ulardan soʻraydi, ular esa ilmsiz ravishda fatvo berishadi. Natijada oʻzlari ham adashadilar, boshqalarni ham adashtiradilar.»
— Sahih al-Buxoriy, 100
Bugungi kunda ilmsiz kishilarni oʻziga rahnamo qilib olish shu qadar avjga chiqdiki, haqiqiy soha vakillari chetda qolib, johillarning va soxta «murabbiy»larning soʻzi oʻtmoqda. Buning yagona davosi — bilimni asl, ishonchli manbalardan olishdir.
Shu maqsadda saytimizda islom ilmlarining asosiy yoʻnalishlari bir joyga jamlangan:
Barcha maʼlumotlar quyidagi tamoyillar asosida taqdim etiladi:
Alloh taoloning inʼomi va tavfiqi bilan, bugungi kunda «Warathatul Anbiya» — oʻzbek tilidagi eng katta islomiy arxivdir. InshaAlloh, uni dunyodagi eng yirik islomiy bilimlar xazinasiga aylantirishni niyat qilganmiz.
Bu loyiha — ulkan yoʻlning ilk qadami, xayrli rejalarimizning boshlanishidir. Alloh taolodan tavfiq va madad soʻragan holda, uni ummatimiz va millatimiz manfaatini koʻzlab yanada takomillashtirib boramiz.
Buxoriy va Termiziylar avlodi — ajdodlarining ilmiy merosiga eng haqli kishilardir. Bu ummat din va ilm bilan aziz boʻlgan. Kim dunyo va oxiratda izzat va saodat istasa, din hamda ilm yoʻlida mustahkam tursin, olimlarga ergashsin va dinini ilm asosida mahkam tutsin.
Alloh taolodan bizga ato etgan ilmlarini foydali qilishini, foydali bilimlarni oʻrgatishini hamda ilmimizni ziyoda qilib, amalda tatbiq etishga muvaffaq aylashini soʻraymiz.
Arxivdagi manbalar — raqamlarda
Ishimizni belgilovchi tamoyillar
الأمانة
Ishonchlilik
Har bir ma'lumot tasdiqlangan manbalarga asoslanadi va ulamolar nazoratidan o'tadi.
الإخلاص
Sodiqlik
Faqat Allohning roziligi uchun xizmat qilamiz, hech qanday tijoriy maqsad yo'q.
العلم
Ilm
Tartibli, dalillangan va aniq ma'lumot taqdim etishni asosiy vazifa deb bilamiz.
Loyihaning bosqichlari
ورثة الأنبياء
Aloqa, taklif yoki savolingiz bormi? Biz bilan bog'lanishingiz mumkin.
BIZ BILAN BOG'LANISH →