Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Abu Muslim Al-Xurosoniydan so‘raldi: “Banu Umayyah davlatining yo‘qolib ketishiga nima sabab bo‘lgan?” U kishi javob berdilar: “Chunki ular do‘stlarini o‘zlaridan uzoqlashtirardilar, dushmanlarini esa o‘zlariga yaqinlashtirish bilan ovora edilar. Natijada dushman baribir do‘st bo‘lmadi, do‘stni esa dushman qildilar.” Izoh: Bugungi kunda musulmonlarimizning holati ham shunga o‘xshab ketadi. Kofir, munofiq va fosiqlarni himoya qilib, ming xil uzr keltirib, ularni oqlashadi. Bu bilan go‘yoki ularni islomga yaqinlashtirishni va do‘st qilmoqchi bo‘lishadi. Ammo o‘zi do‘st bo‘lib yurgan bir musulmonning ayb va xatolari ketidan quvib, unga biror uzr izlashmaydi. Balki qachon xato qilar ekan deb poylab turishadi... Natijada esa uni o‘zlariga dushman qilib qo‘yishadi!