Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Nahotki, sen aytayotgan narsalarni shuncha ahli ilmlar bilmaydi?! Bu shubhaga javob shuki: ko‘p insonlar juda ko‘p narsalarni bilishadi, lekin muammo shundaki — bilgan narsasini zarur o‘rinda chiqarib bera olishmaydi. Ana shu narsa insonning faqat ilmiga emas, balki Allohning tavfiqi va tavakkuliga bog‘liqdir. Shayx Ibn Taymiyya aytganlar: “Musibat hodisalarda insonlarning aqlidan Qur’on ma’nolari g‘oyib bo‘lib qoladi! Uni eslatgandan so‘nggina yodga olib, tanib qoladilar.” (Fatavo kitobidan) Buning yorqin tasdig‘i Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafotlari. Hamma bilar edi — Qur’onda: «Siz ham o‘lasiz» degan oyat bor. Lekin musibat bu oyatni hammaning xayolidan ko‘tarib yubordi. Ummatning eng buyugi Abu Bakr raziyallohu anhu bu oyatni eslatganda, odamlar go‘yo uni birinchi marta eshitgandek bo‘lib qoldilar. Shuning uchun ilmni taqvo va tavakkul bilan mustahkamlab, Allohdan tavfiq so‘ramas ekansiz, u ilm sahrodagi sarob singari eng tashna paytingizda sizni chalg‘itib, pand beradi! So‘ngra birov sizga haqni aytsa, ilmingizdan qolgan asorat — kibr — sizni o‘sha haqni qabul qilishdan man qilib turadi.