Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Xolid Harbiy aytadi: «Misrlik shayx Rifoi Surur bilan birga o‘tirgan edim. O‘sha paytda Misr hukumati bizni qo‘lga olish arafasida, xavotirli vaziyatda edik. Shunda Shayx Rifoi Surur bir muddat sukut qilib, menga dedi: “Bilasanmi, sen din uchun nimadir qildingmi, albatta nafsingga zid amal qilayotgan bo‘lasan. Chunki har bir din yo‘lida qilgan harakating o‘zing, ahli oilang va kelajaging tinchligiga xatar bo‘ladi! Aslida ana shu — Alloh bilan bay‘ (savdo) qilishdir!” Ya‘ni, Alloh taolo o‘z kalomida aytadi: «Albatta, Alloh mo‘minlardan jonlariyu mollarini jannat evaziga sotib oldi» (Tavba: 111). Demak, sen: «Ey Robbim, meni jannatga kirgiz!» dedingmi, bilingki: nafsing, ahli oilang, mol-dunyong — hamma narsangni Allohga sotib bo‘lgansan! Endi Alloh bularni sendan olib qo‘ysa, dodlamagin! Ham pulni, ham tovarni o‘zingda saqlab qolmoqchimisiz?!»