Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bugun musulmonlarning holatiga qarasak, kimdir quvg‘inda, kimdir qamoqda. Ularning ahli oilasi esa kuyib-yonib, tinimsiz duo va iltijo bilan band. Bu — aslida haqiqiy ne’matdir! Agar ularga bu musibatlar kelmaganida, ular ham boshqalar singari to‘y-tantana va dunyo ishlari bilan ovora bo‘lib, Allohga yig‘lab duo qilishni unutib yuborishlari mumkin edi. Shayx Sulaymon Ulvon aytadilar: “Tutqunlikda yotgan birodarlarning ahli oilasiga qarab tafakkur qildim. Ularda sabr, Allohga yaxshi gumon qilish, sabitlik va ibodatlari hosil bo‘lganini ko‘rib, ularga: ‘Jannat bo‘lsin!’ dedim. Zero, mana shu musibat va balolar ularni Alloh huzurida turgizib qo‘ydi va ular Allohdan chalg‘imasliklariga sabab bo‘ldi. Demak, bu — balo zimnidagi ne’matdir!” Saudiya Arabistonida shayxlarni qamoqqa olish oxirgi kunlarda juda ko‘payib ketdi. “Nega bunday bo‘layapti?” degan savollar ham chiqmoqda. Uning javobi “107-foyda”da zikr etilgan. Ammo nafaqat Saudiyada, balki butun dunyoda ham ayni shu siyosat ko‘ndalang qilinmoqda. Kecha esa “Tramp” oldida butun dunyo “qullari” borib, aynan shu siyosatga “bay‘at” berib qaytishdi. Yana zulm haqida og‘iz ochmay, “Hammasi yaxshi bo‘ladi” deya xotirjam yuravering.